Anjelina Joli va boshqa yulduzlarning ma’lumotlari internetga tarqalib ketdi

Share post:

Kiberxavfsizlik mutaxassisi Jeremi Faulerning ma’lum qilishicha, Gollivudning bir qator mashhur yulduzlariga tegishli telefon raqamlari va elektron pochta manzillari internetga sizib chiqqan. Jabrlanganlar orasida Anjelina Joli, Robert De Niro, Sheron Stoun, Jorj Lukas, Maykl Duglas, Rami Malek, Martin Skorseze va boshqa taniqli shaxslar bor.
Mutaxassisning aytishicha, ushbu ma’lumotlar “Tribeca” kinofestivaliga oid 666 mingdan ortiq yozuvlar orasidan aniqlangan. Bazada nafaqat aloqa ma’lumotlari, balki ayrim qurilmalar haqida, jumladan iPhone modeli va Safari brauzeridan foydalanish holati kabi texnik ma’lumotlar ham bo‘lgan.
Faulerning ta’kidlashicha, sizib chiqqan ma’lumotlarning katta qismi yulduzlarning o‘ziga emas, balki ularning menejerlari va agentlariga tegishli. Hozirda festival vakillari hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda, mashhurlar esa hozircha izoh bergani yo‘q.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Eydan Gillen va Indira Varma “Yosh Sherlok”da rol o‘ynaydi

Gay Richi suratga olayotgan “Young Sherlock” (“Yosh Sherlok”) serialining ikkinchi mavsumida yangi aktyorlar ishtirok etadi. Bu haqda Deadline...

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....