Mark Ruffalo yana Xalk rolida

Share post:

Marvel kinoolamida muxlislarni hayajonga soluvchi yangiliklar bor. Mashhur aktyor Mark Ruffalo yana Xalqk ro‘liga qaytmoqda. U Tom Holland bosh rolni ijro etadigan yangi “O‘rgimchak odam” filmida ishtirok etadi. Marvel Studios muxlislarga yangi kutilmagan syujet va hayajonli voqealar va’da qilmoqda.

Film nafaqat Mark Ruffaloning qaytishi, balki boshqa kuchli personajlar bilan ham diqqatga sazovor bo‘ladi:

  • Skorpion — yovuz qahramon qaytmoqda. Uni Maykl Mendo ijro etadi.
  • Jazolovchi (Jazolovchi) – kuchli va adolatparvar antiqahramon rolida Jon Berntal ko’radi. Uning ishtiroki filmga yanada dramatik va keskin ohang beradi.

Marvel kinoolami oxirgi yillarda turli qahramonlar o‘rtasidagi krossoverlarga tobora ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Ruffaloning qaytishi muxlislar uchun alohida ahamiyatga ega, chunki Xalk so‘nggi marta katta rolda “Ayol Xalk” serialida ko‘rinish bergan edi. Endi esa u yana katta ekranlarga qaytmoqda.

Tom Holland esa Marvelning eng mashhur aktyorlaridan biriga aylangan. Uning Spaydermeni global miqyosda ham eng ko‘p daromad keltiruvchi superqahramonlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Marvel muxlislari biroz sabr qilishi kerak: filmning xalqaro namoyishi 2026-yil 31-iyul sanasiga belgilangan. Shu bilan “O‘rgimchak-odam: Yangi kun” 2026-yilning eng kutilgan blokbasterlaridan biriga aylanishi aniq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...