Loren va Jeffning dabdabali to‘yida ingichka bellar bellashuvi

Share post:

A-toifagi yulduzlar Jeff Bezos va Loren Sanchesning dabdabali to‘yida ishtirok etish uchun romantik Venetsiya shahriga yetib kelishdi. Ular Gollivudni qamrab olgan «Ozempik trendi» fonida yanada ingichka tanalarini namoyish qilish imkoniyatidan bahramand bo‘lishdi.

Oprah Uinfrey 71 yoshida, to‘ydan oldingi ziyofatda o‘ziga bo‘lgan ishonchini hech qachon bunchalik kuchli ko‘rsatmagan edi. U yon tomonlari kichik kesiklari bo‘lgan binafsha va oq rangli libos kiygan bo‘lib, ozib borayotgan belini ko‘z-ko‘z qildi.

2023-yilda yulduz vazn yo‘qotish dori vositasini qabul qilganini tan olgan edi va o‘sha paytda shunday degan: «Endi bu vositani o‘zimga kerak deb bilganimda, vaznimni barqaror ushlash vositasi sifatida ishlataman…»

«Hayotim davomida vaznni boshqarish va sog‘lom bo‘lish uchun tibbiy jihatdan tasdiqlangan retseptning borligi menga yengillik va xuddi sovg‘adek tuyiladi. Bu endi sir saqlanadigan yoki masxara qilinadigan narsa emas» degan.

Oprah qo‘shimcha qilib: «Endi boshqalarning ham, o‘zimning ham uyalishlarimga nuqta qo‘ydim,» dedi va bu dorini boshqalarga ham tavsiya qilganini, oxiri o‘zi ham qabul qilishga qaror qilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Keyt Middlton yana moda qirolichasiga aylandi

Uels malikasi Keyt Middlton Tatler jurnali talqiniga ko‘ra, yana Britaniyaning eng zamonaviy ayoli deb topildi. Shu tariqa u...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” ilk namoyishdayoq rekord o‘rnatdi

 Tom Holland bosh rolni ijro etgan “O‘rgimchak odam: Yangi kun” (“Spider-Man: Brand New Day”) filmi prokatni rekord natija...

AI filmlari ilk bor “Oskar” saralash festivaliga kiritildi

Hindistonda o‘tkaziladigan va “Oskar” mukofoti saralash festivallari qatoriga kiruvchi Bengaluru xalqaro qisqa metrajli filmlar festivali (BISFF) 16-mavsumi uchun...

Anjelina Joli va boshqa yulduzlarning ma’lumotlari internetga tarqalib ketdi

Kiberxavfsizlik mutaxassisi Jeremi Faulerning ma’lum qilishicha, Gollivudning bir qator mashhur yulduzlariga tegishli telefon raqamlari va elektron pochta manzillari...