“Lilo va Stich” haqida yangi loyiha e’lon qilindi

Share post:

Mashhur “Lilo va Stich” franshizasi kengayishda davom etmoqda. Filmning ikkinchi qismi ustida ishlar olib borilayotgan bir paytda, ijodkorlar tomoshabinlar uchun yana bir yangi loyiha — animatsion qisqa metrajli filmni tayyorlamoqda. Variety nashri xabariga ko‘ra, loyiha “Lilo va Scratch” deb nomlanadi. Rejissyor Faun Virasuntornning aytishicha, bu so‘nggi besh yil ichida aynan kinoteatrlarda namoyish etish uchun suratga olingan ilk yangi qisqa metrajli animatsion film bo‘ladi. Yangi filmda Stichning hayotidagi navbatdagi sarguzashtlar aks etadi. Voqealar Lilo uyiga mushuk olib kelganidan so‘ng boshlanadi. Stich esa yangi “uy a’zosi” bilan til topishishga harakat qiladi.

Muxlislar uchun yana bir xushxabar shundaki, Stichga ovoz berib kelayotgan Kris Sanders bu safar ham o‘z qahramoniga ovoz beradi. Biroq Liloga ovoz bergan aktrisa Deyvi Cheyz 18-iyun kuni 35 yoshida vafot etgandi. Shu bois Liloga kim ovoz berishi haqida ma’lumot berilmagan. Qisqa metrajli filmning premyera sanasi hozircha oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda ekranlarga chiqqan “Lilo va Stich” filmi katta muvaffaqiyat qozonib, yilning eng ko‘p daromad keltirgan filmlaridan biriga aylangandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maksim Kaliningraddagi konsertini yana bekor qildi

Xonanda Maksim Kaliningraddagi konserti yana bekor qilinganini ma’lum qildi. Dastlab 2-avgustga rejalashtirilgan chiqish 28-sentyabrga ko‘chirilgan edi, biroq belgilangan...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmiga qo‘shimcha sahnalar kiritilishi mumkin

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi qo‘shimcha sahnalar bilan kinoteatrlarda qayta namoyish etilishi mumkin. Bu haqda Deadline nashri manbalariga...

Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmi treyleri chiqdi

Netflix Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmining ilk treylerini namoyish etdi. Film 16-oktabr kuni striming...

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...