Kris Evans yangi kriminal trillerda rol o‘ynaydi

Share post:

Kris Evans yangi “Mening aziz Kaliforniyam” nomli kriminal triller aktyorlar tarkibiga rasman qo‘shildi. Bu haqda Deadline xabar berdi.

Aktyor loyihada Josh Brolin o‘rnini egallaydi. Brolin band jadvali sabab filmda ishtirok eta olmay qolgan. Film rejissyori – Elayji Baynum. Syujet 1980-yillarda Los-Anjelesda kechadi va bitta jinoyat atrofida turli insonlar taqdirlari qanday bog‘lanib ketishini hikoya qiladi.

Filmda teleboshlovchi va uning betoqat rafiqasi, kantri qo‘shiqchisi, ikki mayda jinoyatchi va sobiq mahbus ishtirok etadi. Ularning barchasi yaxshiroq hayot orzusida yashaydi, ammo, bitta voqea hammasini o‘zgartirib yuboradi.

Filmda Evans bilan birga yana bir qancha yulduzlar ham qatnashadi: Jessika Chesteyn, Kris Payn, Mayki Medison, Don Chidl va Charlz Melton. Suratga olish ishlari yoz oxirida boshlanishi rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...