Ko‘rishingiz kerak bo‘lgan 8 ta multfilm

Share post:

“Ruh”

Multfilm bosh qahramoni musiqa maktabi o‘qituvchisi Jo Gardner bo‘lib, u bolaligidan jazz ijro etishni orzu qilardi ammo bunga onasi Libba qarshilik bildiradi. Uning hayotida fojea yuz beradi va u tiriklar hamda ruhlar olamidagi arosatda qoladi.

“Koko siri”

12 yoshli Migelning oiladi Meksikadagi poyabzalchilar edi. U musiqa chalishga qiziqsada, ota-onasi musiqani la’nat deb hisoblagani uchun unga qarshilik bildirishardi. Migel o‘liklar saltatiga tushib qoladi va barcha sarguzasht ana shunda boshlanadi.

“Bishqotirma 2”

Rayli ulg‘aygani sari uning yangi hissiyotlari ham paydo bo‘lishni boshlaydi. Uning his-tuyg‘ulari ro‘y berishi mumkin bo‘lgan halokatlarni oldini olishga harakat qilishadi.

“10 hayot”

Har bir inson mushuklarning 9 ta joni borligini juda yaxshi biladi. Multfilmdagi Bakket esa o‘z hayotini sevib qolishi uchun o‘zini boshqa hayvonlarning o‘rniga qoyib ko‘rishga harakat qiladi va uning hayoti butunlay o‘zgaradi.

“Orion va zulmat”

Orion ismli bolakay hamma narsadan qo‘rqadi: qizlardan, jamoa oldidagi mas’uliyatdan, darsda noto‘g‘ri javob berishdan. Ayniqsa, zulmatdan. Bir kuni Zulmat Orionga uni sayohatga olib chiqish orqali umuman qo‘rqinchli emasligini ko‘rsatish uchun keladi.

“Pandaning sarguzashtlari”

Pandaning eng yaqin do‘sti xavf ostida qoladi va uni qutqarish uchun yo‘lga chiqadi. Bundan anglash mumkinki, hech qanday masofa do‘stlikdan ustun bo‘lolmaydi.

“Xayoliy do‘stlar”

Bea o‘z egalari tomonidan tashlab ketilgan xayoliy do‘stlar bilan tanishadi. Ular birgalikda ko‘plab sarguzashtlarni boshdan kechirishadi.

“Feya va oq kit”

Qadim zamonlardan beri dengizlarning sehrli a’zolari yovuzlikni oldini olish uchun sirli shamol raqsidan foydalangan holda parilar tomonidan himoyalangan. Yillar o‘tishi bilan sehr so‘nib, sehrli mavjudotlar yo‘q bo‘lib keta boshladi. 


Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...