Jim Kerri “Jetsonlar”da bosh rolni ijro etadi

Share post:

Aktyor Jim Kerri Warner Bros. studiyasi suratga olayotgan “Jetsonlar” (“The Jetsons”) nomli mashhur multserialning kinoadaptatsiyasida bosh rolni ijro etadi. Bu haqda kompaniya aksiyadorlariga yo‘llagan maktubida ma’lum qilgan.

IGN ma’lumotiga ko‘ra, bu Kerri uchun 2016-yildan buyon “Sonik” franshizasidan tashqaridagi ilk film bo‘ladi. Aktyor avvalroq aktyorlik faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayotganini aytgan bo‘lsa-da, keyinchalik “Sonik 3” va 2027-yilda chiqadigan “Sonik 4” filmlarida Doktor Robotnik roliga qaytdi.

“Jetsonlar” multseriali ilk bor 1962-yilda namoyish etilgan bo‘lib, uchuvchi avtomobillar, robotlar va kelajak texnologiyalari hukmron bo‘lgan futuristik dunyoda yashovchi Jetsonlar oilasi haqida hikoya qiladi. Film rejissyori hozircha rasman e’lon qilinmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....