Navai hibsdan ozod qilindi

Share post:

Taqiqlangan moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq ish bo‘yicha Qozog‘istonda hibsga olingan reper Navai garov evaziga ozodlikka chiqarildi.

Mash Telegram kanalining xabar berishicha, sud majlisida reperga nisbatan qo‘llangan ehtiyot chorasi o‘zgartirilgan. Shundan so‘ng u hibsdan ozod qilingan.

Avvalroq asl ismi Navai Bakirov bo‘lgan ijrochi Qozog‘iston chegarasida taqiqlangan moddalar bilan bog‘liq gumon asosida qo‘lga olingan va Taraz shahridagi 13-sonli tergov hibsxonasiga joylashtirilgan edi.

Mazkur voqeadan so‘ng reperning yaqin kunlarga rejalashtirilgan konsertlari bekor qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Navai hozirda Rossiyaga qaytgan. Biroq unga nisbatan ochilgan jinoyat ishi yakunlangani haqida xabar berilmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Tom Holland yangi trillerda bosh rolni ijro etadi

Britaniyalik aktyor Tom Holland Sony Pictures studiyasining “Penthouse” nomli yangi triller filmida bosh rolni ijro etadi. Shuningdek, u...

Maykl Jekson vafotidan 17 yil o‘tib ham musiqa reytinglarida yetakchilik qilmoqda

Pop qiroli Maykl Jeksonning “The Essential Michael Jackson” albomi 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada eng...

“Maykl” filmi Gotem mukofotiga sazovor bo‘ladi

Pop qiroli Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl” biografik filmi 2026-yilgi Gotem (Gotham Film Awards) marosimida maxsus musiqiy mukofot...

Ay Yola guruhi “Gremmi”ning ilk saralash bosqichidan joy oldi

Boshqirdistonning Ay Yola musiqiy guruhi “Gremmi” mukofotiga nomzodlarni saralashning birinchi bosqichiga kiritildi. Guruhning “Ural Batyr” albomi va “Aihylyu”...