Dueyn Jonsonning yangi ko‘rinishi shov-shuvga sabab bo‘ldi

Share post:

Gollivud aktyori Dueyn “Rok” Jonson rejissyor Benni Safdining “Lizard Music” filmida 70 yoshli qariya obrazini gavdalantirmoqda. Suratga olish maydonchasidan tarqalgan fotosuratlarda aktyorni tanib olish deyarli imkonsiz.

54 yoshli Jonson yangi roli uchun maxsus grim va protezlar yordamida qariya qiyofasiga kirgan. Shuningdek, u obrazga tayyorgarlik jarayonida taxminan 13,6 kilogramm mushak massasini yo‘qotgan.

Deniel Pinkuoterning bolalar kitobi asosida suratga olinayotgan film g‘aroyib musiqachi kaltakesaklarni ko‘rib qolgan bolakay va uning antiqa qariya bilan do‘stligi haqida hikoya qiladi.

Kartinada Reychel Makadams, Kolman Domingo va Jeff Goldblyum kabi taniqli aktyorlar ham ishtirok etadi.

“Lizard Music” filmining premyerasi 2027-yil 25-dekabrga rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Navai hibsdan ozod qilindi

Taqiqlangan moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq ish bo‘yicha Qozog‘istonda hibsga olingan reper Navai garov evaziga ozodlikka chiqarildi. Mash Telegram kanalining...

Tom Holland yangi trillerda bosh rolni ijro etadi

Britaniyalik aktyor Tom Holland Sony Pictures studiyasining “Penthouse” nomli yangi triller filmida bosh rolni ijro etadi. Shuningdek, u...

Maykl Jekson vafotidan 17 yil o‘tib ham musiqa reytinglarida yetakchilik qilmoqda

Pop qiroli Maykl Jeksonning “The Essential Michael Jackson” albomi 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada eng...

“Maykl” filmi Gotem mukofotiga sazovor bo‘ladi

Pop qiroli Maykl Jekson hayotiga bag‘ishlangan “Maykl” biografik filmi 2026-yilgi Gotem (Gotham Film Awards) marosimida maxsus musiqiy mukofot...