Islom dunyosiga oid noyob artefaktlar O‘zbekistonga qaytariladi

Share post:

Buyuk Britaniyada ilk bor O‘zbekiston tarixiga bog‘liq bo‘lgan islom sivilizatsiyasining “oltin davri”ga oid noyob Qur’on qo‘lyozmalari va artefaktlar kolleksiyasi namoyish etildi. Ushbu tarixiy relikviyalar o‘nlab yillar davomida xususiy kolleksiyalar va muzeylarda saqlangan bo‘lib, yaqin kunlarda o‘z vataniga — O‘zbekistonga qaytariladi.

Mazkur muhim madaniy voqea 7–8-iyul kunlari dunyoga mashhur Sotheby’s va Christie’s auksion uylari tomonidan tashkil etildi. Bir qator qimmatli eksponatlar xalqaro ilmiy jamoatchilik — yetakchi olimlar, ekspertlar, kuratorlar, muzey mutaxassislari va kolleksionerlar e’tiboriga ilk bor aynan Londonda taqdim etildi.

Artefaktlar orasida IX asrga oid Qur’on qo‘lyozmalari parchalari, miniatyuralar, zargarlik buyumlari, kundalik hayot anjomlari, to‘qimachilik mahsulotlari hamda O‘zbekistonni jahon intellektual markazlaridan biri sifatida namoyon etuvchi san’at asarlari bor.

Ushbu eksponatlar 2025-yilda Sotheby’s va Christie’s auksion savdolari orqali O‘zbekistonning Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan sotib olindi.

“Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik qilish biz uchun katta sharafdir. Markaziy Osiyo tarixida alohida o‘rin tutuvchi artefaktlarning vataniga qaytishiga ko‘maklashayotganimizdan mamnunmiz”, — deya ta’kidladi Sotheby’s vakili Benedikt Karter.

Shuningdek, O‘zbekistonda tasviriy va amaliy san’atni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli dastur ishga tushirilmoqda. Toshkentda zamonaviy san’at galereyasi — rassomlar va dizaynerlar uchun ko‘rgazma maydonchasi tashkil etiladi. Bundan tashqari, Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi ko‘rgazma zalini rekonstruksiya qilish va 40 ta alohida ustaxona bilan jihozlangan Yosh rassomlar markazini yaratish rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BLACKPINK guruhi a’zosi Lisa “Taygo” filmida rol o‘ynaydi

5-dekabr kuni Netflix o‘zining yangi sarguzashtli blokbasteri — “Extraction: Taigo” filmi ishlab chiqarishga tayyorgarlik jarayonlari yakunlanganini tasdiqladi. Bosh...

Otlar paradiga marhamat

6-dekabr 15:00 da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Toshkentda Milliy gvardiya rahbarligida otlar paradi...

Dunyo yulduzi Jeki Chan O‘zbekistonda: tashrif ehtimoli muhokamada

Afsonaviy aktyor Jeki Chan O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashrifning asosiy sabablaridan biri Chan ishtirokidagi “Mo‘jizaviy aslahalar” filmining yangi...

Kinomatografiya tarixidagi 8 ta mashhur libos

1.“Mening adolatli xonimim”, 1964-yilSesil Biton film qahramoni Odri(Eliza Dulittl) uchun yaratgan. 2.“Qutqarish”, 2007-yilUshbu libosni fildagi qahramon Kira Naytli uchun...