Irina Sheyk qizini tarbiyalashdagi cheklovlar haqida gapirdi

Share post:

Rossiyalik supermodel Irina Sheyk shaxsiy hayoti va farzand tarbiyasi haqida juda kam gapiradi. Yaqinda u People nashriga bergan intervyusida qizi Leya qanday tarbiyalanayotgani va u uchun qanday cheklovlar qo‘yilgani haqida so‘zlab berdi.

Irinaning qizi 2017-yil mart oyida amerikalik aktyor Bredli Kuperdan tug‘ilgan. Mashhur ota-onalar uni ommaning ortiqcha e’tiboridan maksimal darajada himoya qilishga harakat qilgan.

Hozir Leya 8 yosh. Sheykning aytishicha, endi u ota-onasining mashhurligini, ularning ishlari qanday ekanini tushunadi. Shunga qaramay, model ham, Kuper ham qizining qulayligi va xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘llaridan kelganini qilishadi.

Qizini tarbiyalash prinsiplari haqida gapirar ekan, Irina Sheyk gadjetlardan foydalanishga qo‘yilgan qat’iy cheklovlarni ochib berdi. “Uning raqamli texnologiyalarga juda, juda cheklangan kirish imkoni bor. Deyarli yo‘q,” — deya modelning so‘zlarini People keltiradi. Buning o‘rniga ota-onasi qizini do‘stlar, o‘yin va jonli muloqot orqali rivojlantirishga intiladi. Ularning fikricha, qiz uchun eng muhimi — mehr.

“Farzandingizga bera oladigan eng yaxshi narsa — mehr qo‘yilgan oilaviy tarbiya,”
— deydi Irina Sheyk.

Bredli Kuper va Irina Sheykning munosabatlari haqida ilk bor 2015-yilda ma’lum bo‘lgan. Ular rasmiy nikohda bo‘lmagan va 2019-yilda munosabatlari yakunlangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...