“Forsaj” asosida teleserial suratga olinadi

Share post:

Peacock striming platformasi mashhur “Forsaj” (“Fast & Furious”) franshizasi asosida teleserial suratga olishni buyurtma qildi. Loyiha ustidagi ishlar yil boshidan beri davom etmoqda. Serialning premyerasi 2028-yilga rejalashtirilgan bo‘lib, u “Forsaj: Abadiyat” (“Fast Forever”) filmi bilan taxminan bir vaqtda namoyish etiladi. Bu haqda Variety xabar berdi.

Yangi loyihaning ijrochi prodyuserlari Vin Dizel, Sem Vinsent, Nil H. Morits, Pavun Shetti, Jeff Kirshenbaum va Kris Morgan bo‘ladi. Mayk Deniels va Vulf Koulman esa serialning birinchi qismi ssenariysini yozadi hamda loyiha shourannerlari sifatida ishlaydi.

Vin Dizel teleserial yaratilishi haqida ilk bor may oyida ma’lum qilgan edi. Aktyorning aytishicha, muxlislar “Forsaj” qahramonlarining yangi hikoyalarini televizion formatda ko‘rishni anchadan beri kutishmoqda. Ijodkorlar esa franshizani yangi formatga ko‘chirish uchun qulay vaqtni kutgan.

“Forsaj” olamida serial yaratilishi birinchi marta emas. 2019–2021-yillarda Netflix “Forsaj: Josus-poygachilar” animatsion serialini namoyish etgan. Olti fasldan iborat ushbu loyiha franshizaning televizion formatdagi ilk ishlanmalaridan biri bo‘lgan.

Biroq, 2028-yilda namoyish etilishi rejalashtirilgan yangi loyiha “Forsaj” olamidagi ilk badiiy teleserial bo‘ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

The New York Times: “Mashaqqatlar sari “— XXI asrning eng yaxshi seriali

Televideniye sohasi vakillari ishtirokida XXI asrda namoyish etilgan eng yaxshi seriallar reytingi tuzildi. Tanlovda aktyorlar, ssenariynavislar, rejissorlar va...

Jim Kerri yashirincha turmush qurdi

Gollivud aktyori Jim Kerri uzoq yillik sevgilisi Min Xa bilan turmush qurgani aytilmoqda. Bu haqda People nashri juftlikka yaqin manbalarga tayanib...

Maksim Kaliningraddagi konsertini yana bekor qildi

Xonanda Maksim Kaliningraddagi konserti yana bekor qilinganini ma’lum qildi. Dastlab 2-avgustga rejalashtirilgan chiqish 28-sentyabrga ko‘chirilgan edi, biroq belgilangan...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmiga qo‘shimcha sahnalar kiritilishi mumkin

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi qo‘shimcha sahnalar bilan kinoteatrlarda qayta namoyish etilishi mumkin. Bu haqda Deadline nashri manbalariga...