Televideniye sohasi vakillari ishtirokida XXI asrda namoyish etilgan eng yaxshi seriallar reytingi tuzildi. Tanlovda aktyorlar, ssenariynavislar, rejissorlar va shourannerlar kabi 500 dan ortiq mutaxassis qatnashgan.
Reytingga 2000-yil 1-yanvardan keyin efirga chiqqan seriallar kiritilgan. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan 2008–2013-yillarda namoyish etilgan “Mashaqqatlar sari” (“Breaking Bad”) seriali joy oldi. Ikkinchi o‘rinni 2002–2008-yillardagi “Nazorat” (“The Wire”), uchinchi o‘rinni esa 2007–2015-yillarda efirga uzatilgan “Telbalar” (“Mad Men”) egalladi.
Shuningdek, kuchli beshlikdan 2018–2023-yillarda namoyish etilgan “Merosxo‘rlar” (“Succession”) va 2016–2019-yillardagi “Fleabag” seriallari o‘rin olgan.
Kuchli o‘ntalikda “Taxtlar o‘yini” (“Game of Thrones”), “Vitse-prezident” (“Veep”), “30-studiya” (“30 Rock”), “Ishtiyoqni jilovla” (“Curb Your Enthusiasm”) va “Atlanta” seriallari ham bor.

