“Garri Potter” serialida filmlardan chiqarib tashlangan qahramon paydo bo‘ladi

Share post:

Yangi “Garri Potter” seriali asl kitoblarga va eski fqismlariga qaraganda yaqinroq bo‘ladimi? “Just Jared” nashrining yozishicha, yangi ekranlashtirishda muxlislar avvalgi film franshizasida ko‘rmagan qahramon paydo bo‘ladi.

Xogvartsning eng katta bezoriыш hisoblangan poltergeyst Pivz rolini britaniyalik aktyor va komik Peter Serafinowicz ijro etadi. U “Shaun of the Dead”, “The Tick” va “John Wick: Chapter 2” loyihalari bilan tanilgan. Pivz — J. K. Rowlingning kitoblar turkumidagi eng yorqin ikkinchi darajali qahramonlaridan biri. Uni ko‘pincha arvoh deb o‘ylashadi, ammo aslida u poltergeystdir. Pivz Xogvartsda yuzlab yillar davomida yashab keladi va rivoyatlarga ko‘ra, maktabning ilk o‘quvchilari bilan birga paydo bo‘lgan. Ayniqsa, uning Fred va Jorj Uizli egizaklari bilan alohida munosabati bor. Ularni hazil-mutoyiba va qoidalarni buzishga bo‘lgan muhabbat birlashtiradi. Ehtimol, serialda aynan shu munosabatlar ham ko‘rsatiladi.

Dastlab Pivz rolini britaniyalik aktyor Rik Mayall o‘ynashi kerak edi. U “Harry Potter and the Philosopher’s Stone” filmi uchun suratga olishlarda qatnashgan, biroq uning barcha sahnalari montaj jarayonida kesib tashlangan.

Eslatib o‘tamiz, “Harry Potter” seriali haqida ilk bor 2023-yilda ma’lum qilingan edi. Keyinchalik mashhur uch do‘st roliga aktyorlar ham e’lon qilindi. Premyera 2026-yil Rojdestvo bayrami arafasiga rejalashtirilgan, shu bilan birga ijodkorlar allaqachon ikkinchi mavsum ustida faol ishlayotgani ham ma’lum.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...