Netflix “Qizaloq va maymoq”ning yangi mavsumlari huquqini sotib oldi

Share post:

Netflix Rossiyaning mashhur animatsion seriali “Qizaloq va maymoq” («Маша и Медведь»)ning yangi mavsumlarini namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Deadline nashri xabar berdi,

Shuningdek, striming platformasi serialning avvalgi qismlari va uning spin-off loyihalarini ko‘rsatish bo‘yicha amaldagi kelishuvni ham uzaytirdi. Yangi epizodlarda Masha ilk bor bolalar bog‘chasiga qadam qo‘yadi. Bundan tashqari, syujetda Yeti va uning oilasi bilan bog‘liq voqealar ham o‘rin oladi.

Netflix serialni AQSh va Kanada kabi yirik bozorlardan tortib, dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida namoyish etishda davom etadi. “Qizaloq va maymoq” platformadagi eng ommabop bolalar loyihalaridan biri bo‘lib, “Cho‘chqacha Peppa” va “Posbon kuchukchalar” kabi mashhur multseriallar qatorida tilga olinadi.

“Qizaloq va maymoq” ilk bor 2009-yilda ekranlarga chiqqan. Loyiha Animaccord studiyasi tomonidan yaratilgan bo‘lib, uning asoschilaridan biri Oleg Kuzovkov hisoblanadi.

Avvalroq, 2026-yil may oyida Kuzovkov “Qizaloq va maymoq” asosida ilk to‘liq metrajli animatsion film ustida ishlayotgani ma’lum bo‘lgandi. Biroq filmning ishlab chiqarilishi va chiqarilishi masalasida u hamda “Qizaloq va maymoq” brendiga egalik qiluvchi studiya o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjudligi xabar qilingan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmi treyleri chiqdi

Netflix Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmining ilk treylerini namoyish etdi. Film 16-oktabr kuni striming...

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...