D23’da Disney’ning kutilayotgan premyera sanalari e’lon qilindi

Share post:

Disney kompaniyasi D23 tadbirida yaqin yillarda tomoshabinlarga taqdim etiladigan bir qator yirik loyihalarini e’lon qildi. Taqdimotda “Lilo va Stich 2”, “Super oila 3”, “Koko siri 2”, “Qasoskorlar: Qiyomat kuni”, yangi “X-Men” filmi kabi loyihalar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

“Lilo va Stich 2”

2025-yilda katta muvaffaqiyat qozongan “Lilo va Stich” filmining davomi ustidagi ishlar yil oxirida Gavayida boshlanadi. Filmni birinchi animatsion kartinani yaratgan Kris Sanders suratga oladi. “Lilo va Stich 2” 2028-yil 26-mayda kinoteatrlarga chiqadi.

“Super oila 3” va “Koko siri 2”,

Pixar muxlislarni ikki mashhur franshizaning davomi bilan xursand qiladi. “Super oila 3” filmida superqahramonlar oilasi yana bir bor sarguzashtga qaytadi. Film 2028-yil 16-iyunda namoyish etiladi.

Yana bir kutilayotgan loyiha bu “Koko siri 2”. Yangi loyihada Migelning o‘smirlik davri namoyish etildi. Hikoyada u yana Marhumlar olamiga qaytadi. Film 2029-yil noyabrida kinoteatrlarga chiqishi rejalashtirilgan.

 “Qasoskorlar: Qiyomat kuni”

Marvel Studios’ning eng yirik loyihalaridan biri “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” uchun yangi lavhalar va poster taqdim etildi. Filmda Robert Dauni Kichik  Doctor Dum, Kris Evans esa Steve Rodjers rolida ko‘rinadi. Filmda turli olamlardan bo‘lgan mashhur qahramonlar halokatli to‘qnashuvga duch keladi. Kinokartina 2026-yil 18-dekabrda kinoteatrlarda namoyish etiladi.

Yangi “X-Men”

Marvel yangi “X-Men” filmi ustida ish olib borayotganini ham rasman tasdiqladi. Filmda Sedi Sink Jinn Greyni, Kit Konnor Skot Sammersni , Kristofer Ebbott – Professor Ksaverni, Samara Uiving  Emma Frostni, Indi Navarret Roug va Mayya Boyd  Stormni gavdalantiradi. Film 2028-yil 5-mayda kinoteatrlarga chiqadi.

D23 taqdimoti Disney va uning hamkor studiyalari kelgusi yillarda mashhur franshizalarning yangi qismlari bilan bir qatorda, yangi hikoyalar va qahramonlarni ham katta ekranga olib chiqishga tayyorlanayotganini ko‘rsatdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....