“Hayvonlar shahri 3”: Judi va Nik yana qaytadi

Share post:

Disney mashhur “Hayvonlar shahri” animatsion franshizasining uchinchi qismi ustida ish boshlaganini D23 tadbirida ma’lum qildi.

Bunga 2025-yilda chiqqan “Hayvonlar shahri 2” multfilmining katta muvaffaqiyati sabab bo‘lgan. Film jahon prokatida 1,8 milliard dollar daromad olib, Disney tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan animatsion filmga aylandi.

Yangi qismda muxlislar sevimli qahramonlari, quyon-politsiyachi Judi Hops va tulki Nik Uayld bilan yana uchrashadi. Judi obraziga ovoz bergan Jinnifer Gudvin va “Hayvonlar shahri 2”dagi ilon Gari Di’Sneyk obrazini ijro etgan Ke Huy Quan yangi filmda qahramonlar qaytishini tasdiqladi.

Hozircha “Hayvonlar shahri 3”ning premyera sanasi va syujeti haqida ma’lumot berilmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Gafur “Armon” qo‘shig‘ini premyera qildi

Ko‘pchilikka “Novda” filmidagi Rashid roli orqali tanilgan xonanda Gafur yangi “Armon” qo‘shig‘ini to‘liq taqdim etdi.Tarona parchasini Gafur avvalroq...

Selena Gomes va onasi firibgarlikda ayblanmoqda

Selena Gomes va uning onasi Mendi Tifi asos solgan Wondermind startapi sud da’vosiga sabab bo‘ldi. Investorlar kompaniyaga qariyb...

Jenna Ortega nega haddan tashqari ozib ketgan?

Jenna Ortega faoliyatining ilk yillarida ishini mukammal bajarishga shunchalik e’tibor berganki, o‘z sog‘lig‘ini ikkinchi o‘ringa qo‘yganini tan oldi....

Yandex Music AI-treklar uchun maxsus belgi joriy qiladi

Yandex Music musiqani yaratishda sun’iy intellektdan foydalanilganini tinglovchilarga ko‘rsatish imkonini beruvchi maxsus belgilash tizimini joriy etmoqchi. Hozirda platforma huquq...