Pixar’ning sakrovchi chirog‘i sotuvga chiqdi

Share post:

Pixar o‘zining 40 yilligi munosabati bilan studiya intro­sida ko‘rinadigan mashhur Luxo Jr. chirog‘ining interaktiv versiyasini taqdim etdi.

Endi Pixar muxlislari filmlar boshida sakrab chiqadigan chiroqni uyida ham ko‘rishi mumkin. Qurilma harakat va tovushni sezadi, o‘zi harakatlanadi hamda Pixar intro­siga xos tovushlarni chiqaradi. Uning tashqi ko‘rinishi ham mashhur animatsion ramzga juda o‘xshash qilib yaratilgan. Qizig‘i, chiroqning o‘zi yorug‘lik bermaydi. Bunga Pixar’ning 2009-yilda Luxo Jr. nomi ostida yoritish moslamasini sotishga uringani va norvegiyalik Luxo ASA kompaniyasi bilan yuzaga kelgan huquqiy kelishmovchilik sabab bo‘lgan. Yangi Pixar Lamp Buyuk Britaniyada 17-avgustdan sotuvga chiqariladi. Uning narxi 100 funt sterling.

Luxo Jr. chirog‘i 1986-yilda Pixar’ning qisqa metrajli animatsion filmida ilk bor paydo bo‘lgan. Oradan yillar o‘tib, oddiygina sakrab yuruvchi chiroq Pixar studiyasining eng taniqli ramzlaridan biriga aylandi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maksim Kaliningraddagi konsertini yana bekor qildi

Xonanda Maksim Kaliningraddagi konserti yana bekor qilinganini ma’lum qildi. Dastlab 2-avgustga rejalashtirilgan chiqish 28-sentyabrga ko‘chirilgan edi, biroq belgilangan...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmiga qo‘shimcha sahnalar kiritilishi mumkin

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi qo‘shimcha sahnalar bilan kinoteatrlarda qayta namoyish etilishi mumkin. Bu haqda Deadline nashri manbalariga...

Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmi treyleri chiqdi

Netflix Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmining ilk treylerini namoyish etdi. Film 16-oktabr kuni striming...

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...