BTS a’zosi Jin’ning kompaniyasi qonunbuzarlikda ayblanmoqda

Share post:

BTS a’zosi Jin va teleboshlovchi Paek Chon Von asos solgan JINI’s LAMP kompaniyasi mahsulot markirovkasini buzganlikda ayblanmoqda.

Shikoyatchi kompaniyaning IGIN highball ichimliklarida ba’zi ingredientlar — masalan, AQSh tarvuz konsentrati va Chili olxo‘ri konsentrati — aslida import qilingan bo‘lsa-da, yorliqlarda “mahalliy” sifatida ko‘rsatilganini ma’lum qildi.

NAQS tekshiruv boshlaganini tasdiqlab, qonunbuzarlik aniqlansa ish sudga yuborilishini va jarima yoki jinoiy javobgarlik bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Koreya qonunlariga ko‘ra, mahsulotni “mahalliy” deb belgilash faqat barcha asosiy ingredientlar mamlakatda ishlab chiqarilganda mumkin. Qonun buzilishi uchun 100 mln von ($75,5 ming) jarima yoki 7 yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan.

Hozircha kompaniya faqat “masala ko‘rib chiqilmoqda” deya qisqa izoh berdi. Shu bois, JINI’s LAMP va uning taniqli asoschilari jiddiy obro‘ xavfiga duch kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...