Italiyalik aktrisa Klaudiya Kardinale vafot etdi

Share post:

Italiya va jahon kinosining afsonaviy aktrisasi Klaudiya Kardinale 87 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U so‘nggi yillarda Fransiyaning Nemur shahrida yashab kelgan va farzandlari davrasida vafot etgani xabar qilindi.

Aktrisaning agenti Loran Savri uni “erkin va ilhom beruvchi ayol, ijodida ham, hayotida ham o‘ziga xos meros qoldirgan inson” sifatida esladi.

U 1958-yilda katta ekranda ilk bora paydo bo‘lib, oradan ikki yil o‘tib Yevropa kinosining eng yorqin yuzlaridan biriga aylandi. 1960-yilda Alan Delon bilan birga suratga tushgan “Rokko va uning birodarlari” filmi uni xalqaro miqyosda tanitdi. Keyinchalik u mashhur rejissyorlarning asarlarida bosh rollarni ijro etdi:

  • Federiko Fellinining “8 ½”,
  • Serjio Leonening “Bir paytlar Yovvoyi G‘arbda”,
  • Lukino Viskontining “Leopard”,
  • Bleyk Edvardsning “Pushti pantera” filmlari unga jahon miqyosida shuhrat olib keldi.

1969-yilda aktrisa Mixail Kalatozovning “Qizil chodir” filmida suratga tushdi. Kardinale keyinchalik bu ishni “unutib bo‘lmas tajriba” deb atagan. O‘sha paytda u millionlab sovet muxlislarining go‘zallik ramziga aylangan edi.

Uning ijodiy faoliyati qariyb 60 yil davom etdi va 150 dan ortiq filmlarni o‘z ichiga oldi. Aktrisaning so‘nggi ishi 2015-yilda suratga olingan “Rim uchrashuvlari” filmi bo‘ldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...