“Barbi” endi mashhur o‘g‘ri — Oushenning onasi bo‘ladi

Share post:

“Oushenning o‘n bir do‘sti” filmi yana qaytmoqda. Lekin bu safar voqealar umuman boshqa qahramon bilan bo‘ladi.

Margo Robbi yangi prikvel haqida ilk tafsilotlarni ochiqladi. Uning aytishicha, film voqealari 1962-yilda, Monakodagi Formula-1 poygasi fonida bo‘lib o‘tadi.

Eng qiziq joyi – bu safar syujet Denni Oushen haqida emas, balki uning ota-onasi atrofida ro‘y beradi. Ya’ni mashhur o‘g‘rining qanday “tarbiya” olgani ko‘rsatiladi. Filmga Bredli Kuper rejissyorlik qiladi va u ham bosh rollardan birini ijro etadi. Kutilishicha, u va Margo Robbi Denni Oushenning ota-onasi rolida chiqadi.

Loyiha hali boshlanish bosqichida, suratga olish ishlari esa shu yilning o‘zida start oladi. Eslatib o‘tamiz, “Oushenning o‘n bir do‘sti” franshizasi kino tarixidagi    eng mashhur o‘g‘rilik hikoyalaridan biri hisoblanadi. Turli yillarda unda Jorj Kluni, Bred Pitt va  Juliya Roberts kabi yulduzlar rol o‘ynagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...