Ariana Grande sobiq sevgilisi Riki Alvarez bilan munosabatlari kelajagi borligiga ishora qildi. Xonanda Londondagi Eternal Sunshine turining yakuniy konsertida o‘zining mashhur “Thank u, next” qo‘shig‘i matnini o‘zgartirib kuyladi.
Grande qo‘shiqdagi asl satr o‘rniga:
“Riki haqida bir nechta qo‘shiq yozdim Uni hayotimdagi oxirgi insonim qilishga harakat qilyapman”, — deya kuyladi.
Bu xonandaning Riki bilan munosabatlariga jiddiy qarayotganini anglatishi mumkin.
Grande iyul oyida Bruklindagi konsertida ham qo‘shiq matnini o‘zgartirib, “Biz har doim bir-birimizga qaytish yo‘lini topamiz”, degan satrni kuylagan edi.
Ariana Grande va Riki Alvarez 2015–2016-yillarda munosabatda bo‘lgan. Ularning qayta yarashgani haqidagi mish-mishlar iyun oyida paydo bo‘lib, iyulda munosabatlari tasdiqlangan. Juftlik munosabatlarini bir xil tatuirovka bilan ham mustahkamlagan.

