Afsonaviy hind xonandasi Asha Bhosle 92 yoshida vafot etdi

Share post:

Bollivudning afsonaviy xonandasi Asha Bhosle 2026-yil 12-aprel kunida 92 yoshida vafot etdi. 

Oila a’zolari ma’lumotiga ko‘ra, u Mumbaydagi shifoxonada “juda kuchli charchoq” va ko‘krak infektsiyasi sababli davolanayotgan paytda vafot etgan. Bosh vazir Narendra Modi uning vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘uda ekanini bildirdi. Prezident Draupadi Murmu esa bu yo‘qotishni “musiqa ixlosmandlari uchun qaytarib bo‘lmas yo‘qotish” deb atadi.

1933-yil 8-sentyabrda tug‘ilgan Bhosle 70 yildan ortiq ijodiy faoliyati davomida bir necha hind tillarida 12 mingdan ortiq qo‘shiq ijro etgan.

U yoshligidan musiqa bilan shug‘ullangan va juda erta ijodiy yo‘lga kirgan. Uning oilasi ham san’at bilan bog‘liq bo‘lib, bu uning professional yo‘lini shakllantirishda muhim rol o‘ynagan. U o‘zining mashhur opasi, 2022-yilda vafot etgan Lata Mangeshkardan alohida yo‘l tanlab, mustaqil ijodiy maktab yaratgan.

Marhuma xonanda “Alibobo va qirq qaroqchi”, “Zita va Gita”, “Bobbi”, “Krishna”, “Karvon” kabi yuzlab filmlar uchun sountrek yaratgan. U jahon rekordlar kitobiga eng ko‘p qo‘shiq yozgan xonanda sifatida kiritilgan. U nafaqat hind, balki dunyoning 20 dan ortiq tillarida, jumladan, rus va boshqa tillarda ham qo‘shiqlar kuylagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...