«Garri Potter» olamiga oid ikkita yangi kitob 2027-yilda naşr etiladi

Share post:

Britaniyaning «Bloomsbury Publişing» naşriyoti «Garri Potter» olamiga bağişlangan ikkita yangi illyustratsiyali kitob çiqarilişini e’lon qildi. Ular professor Minerva Makgonagall hamda egizak aka-ukalar Fred va Jorj Uizliga bağişlanadi. Kitoblar 2027-yil 23-fevralda sotuvga çiqarilişi rejalaştirilgan.
Yangi naşrlar «Pocket Potters» turkumiga kiradi. Uşbu töplam «Garri Potter» asarlaridagi maşhur qahramonlarni yaqindan taniştiriş, ularning hayoti, xarakteri va sehrgarlik olamidagi örnini yoritişga möljallangan.
Professor Makgonagallga bağişlangan kitobda uning Xogvartsdagi faoliyati, Griffindor fakulteti rahbari sifatidagi vazifalari, sehrgarlik mahorati hamda Garri Potter bilan munosabatlari haqida ma’lumotlar beriladi.
Fred va Jorj Uizli haqidagi kitob esa egizaklarning hazilkaş tabiati, Xogvartsdagi sarguzaştlari va sehrli olamdagi faoliyatiga bağişlanadi.
Har ikkala naşr rangli illyustratsiyalar, qahramonlar haqidagi qiziqarli ma’lumotlar va asl asarlardan olingan voqealarni öz içiga oladi.
Ta’kidlaş joizki, bu kitoblar J. K. Roulingning yangi romanlari yoki «Garri Potter» voqealarining davomi emas. Ular avvalgi asarlarda uçraydigan qahramonlar haqida qöşimça ma’lumot beruvçi tasvirli qöllanmalar hisoblanadi.
«Pocket Potters» turkumi avval Garri Potter, Ron Uizli va Germiona Greynjer kabi qahramonlarga bağişlangan kitoblar bilan boşlangan. Yangi naşrlar esa uşbu töplamni yanada kengaytiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Ralf Fayns Voldemort roliga Robert Pattinsonni taklif qildi

"Garri Potter" filmlarida Voldemort obrazini gavdalantirgan aktyor Ralf Fayns HBO tomonidan suratga olinayotgan yangi serialda uşbu rolni Robert...

Beyonse nega «Gremmi» tarixidagi eng muvaffaqiyatli san’atkor hisoblanadi?

Amerikalik xonanda Beyonse "Gremmi" tarixida 100 ta nominatsiyaga ega bölgan ilk san’atkorga aylandi. Uning "MORNING DEW (DONK)" qöşiği...

AQSHning ikki mashhur teleshousi O‘zbekistonda suratga olinadi

Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan “American Film Market” (AFM) xalqaro kino bozori doirasida O‘zbekiston va AQSH media kompaniyalari o‘rtasida...

“Muhtasham yuz yil” qanday yaratilgan? 8 qismli hujjatli film haqida

Millionlab tomoshabinlar qalbidan joy olgan "Muhtasham yuz yil" serialining qanday yaratilgani, aktyorlar tanlovi va suratga olish jarayonidagi qiyinchiliklar...