Tom Holland kino tarixidagi kuchli uchlikdan joy oldi

Share post:

Tom Holland kino tarixidagi eng kassabop aktyorlar reytingida uchinchi o‘rinni egalladi. Aktyor ishtirokidagi filmlarning umumiy kassasi 15,2 milliard dollardan oshgan.

Holland bu natija bilan Kris Prattni ortda qoldirdi. Pratt filmlarining jami kassasi qariyb 15,1 milliard dollarni tashkil etadi. Aktyorning ko‘rsatkichiga ayniqsa “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi katta hissa qo‘shdi. Uning kassasi 2,28 milliard dollardan oshgan.

Reytingda birinchi o‘rinni Zoi Saldana 15,47 milliard dollar bilan egallagan bo‘lsa, ikkinchi pog‘onada Skarllett Yoxansson 15,4 milliard dollar bilan bormoqda.

Tom Holland ushbu TOP-10 reytingidagi eng yosh aktyor bo‘ldi. Ro‘yxatda, shuningdek, Samuel L. Jekson, Robert Dauni, Tom Kruz, Kris Xemsvort, Vin Dizel va Kris Evans ham bor.

Hollandning kinoindustriyadagi moliyaviy muvaffaqiyati ham tobora ortib bormoqda. Aktyor ilk bor O‘rgimchak odam rolini ijro etgan va 2016-yilda taxminan 250 ming dollar gonorar olgan. Endi esa uning “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmidagi roli uchun 100 million dollardan ortiq daromad olishi kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....