Prezident bir guruh madaniyat va san’at sohasi vakillarini mukofotladi

Share post:

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.  

Unga ko‘ra, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi islohotlar samarasini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi, o‘zining ko‘p qirrali ijodiy va ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimizning intellektual salohiyati va ma’naviyatini yuksaltirish, yurtimizda ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari, ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, jamiyatda tinchlik va totuvlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini saqlash, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi. 

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan 

Arabov Ilyos Ismatovich – Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi 

Turdiyeva Yulduz Choriyevna – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi 

“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan 

Jamoldinov Akmaljon Zaylobidinovich – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh rassomi 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan 

Israilov Shukurulla Axmadkulovich – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi badiiy so‘z ustasi 

Yuldashev Bobur Baxadirovich – “Diydor yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi badiiy rahbari 

Yuldashev Shoxrux Alisherovich – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan 

Djamilova Gulchexra Mannonovna – O‘zbek Milliy akademik drama teatri faxriy aktrisasi 

Madraimov Abdumalik Abduraimovich – Andijon shahridagi “G‘ijjak Boburiy” oilaviy korxonasi rahbari, Andijon viloyati 

Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori 

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan 

Aslanova Yelena Yurevna – Samarqand viloyati gimnastika turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi katta murabbiysi 

Temirov Vohidjon Omonovich – Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining yunon-rum kurashi bo‘yicha katta murabbiysi, Toshkent viloyati 

“Imom Buxoriy” ordeni bilan 

Ibodullayev Maxmud – Payariq tumanidagi “Imom al-Buxoriy” jome masjidi faxriy imomi, Samarqand viloyati 

Islamov Zaxid Maxmudovich – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Arab tili va adabiyoti al-Azhar kafedrasi professori 

Ishmatbekov Xamid Baxramovich – O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari 

Mansurov Azizjon Dadajanovich – O‘zbekiston musulmonlari idorasi Faxriylar kengashi raisi 

Razakov Gafur – Kogon tumanidagi “Bahouddin Naqshband” masjidi imom-xatibi, Buxoro viloyati 

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan 

Ashurov Ravshan Radjabovich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti laboratoriya mudiri 

Gulyamova Tashxan Gafurovna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti laboratoriya mudiri 

Elmurodov Karimali Sadinovich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filiali xirurgiya bo‘limi shifokori 

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan 

Abdullayev Ikram Iskandarovich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Xorazm Ma’mun akademiyasi raisi 

Annakulov Omon Bobokulovich – Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi murabbiysi 

Assakalov Rustam Sxatbiyevich – Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi 

Ismailova Janat Xamidovna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori 

Maxmudov Nizomitdin Mamadaliyevich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori

Nariyev Eduard Ustemirovich – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy markazining Jizzax filiali bosh shifokori 

Piyazov Jenisbek Burkitovich – erkin ijodkor, opera xonandasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Sultanov Karim – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori 

To‘rayev Halim – Buxoro davlat universitetining Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi professori 

Xatamova Oygul Kiyomovna – Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Konimex tumani tez tibbiy yordam stansiyasi shifokori 

Xayitov Tulkun Mingbayevich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Temuriylar tarixi davlat muzeyi ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi mudiri 

“Do‘stlik” ordeni bilan 

Abadiyeva Tatyana Muratovna – Toshkent shahri 5-tumanlararo ftiziatriya dispanseri kattalar bo‘limi ftiziatri 

Avezdurdiyeva Amangul Orunovna – Toshkent shahar turkman madaniy markazi raisi 

Galiyev Rashid Talipovich – “Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari tahririyati fotomuxbiri 

Gafurova Lazizaxon Akramovna – O‘zbekiston Milliy universitetining tuproqshunoslik kafedrasi professori 

Islamshikov Zuxriddin – O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi a’zosi 

Kadirov Buri Xudayshukurovich – Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i 

Kemal Yavuz Ataman – “Donishmand maslahat tashqi savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyati va “Donishmand” yuridik byurosi direktori 

Koroli Mexriya Anvarovna – Toshkent davlat texnika universitetining termodinamika va issiqlik texnikasi kafedrasi professori 

Kudishkin Valentin Olegovich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti loyiha rahbari 

Levteyeva Larisa Georgiyevna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi 

Madrimov Israil Modraximovich – professional bokschi  

Mamedov Narmurat Gurbanovich – Respublika tez tibbiy yordam markazining Qashqadaryo viloyati filiali Mirishkor tumani tez tibbiy yordam stansiyasi feldsheri 

Sotiboldiyeva Nilufar Jamshidovna – O‘zbekiston davlat filarmoniyasi konsert dasturlari boshlovchisi 

Tursunov G‘aybullo Mufitillo o‘g‘li – “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi 

Umbetayev Asqar Nurbayevich – Qoraqalpog‘iston qozoq milliy madaniy markazi raisi 

Umirzakova Nilufar Talibjanovna – “O‘zbekiston” radiokanalining ma’rifiy, badiiy dam olish dasturlar muharririyati katta muharriri 

Xasanov Aknazar Bekdurdiyevich – Samarqand davlat universitetining differensial tenglamalar kafedrasi mudiri, Samarqand viloyati 

Soy Radion Isekovich – O‘zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi qoshidagi Koreya madaniyat saroyi direktori 

Chistopolova Tatyana Valerevna – “Slavutich” respublika ukrain madaniyat markazining Olmaliq shahar bo‘limi raisi 

Sharipov Abdukarim – Respublika tojik milliy madaniy markazining Jizzax viloyati bo‘limi raisi 

I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan 

Mustafayeva Nodira Abdullayevna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi rahbari 

Raxmankulova Zuxra Jandarovna – Toshkent davlat tibbiyot universitetining neonatologiya kafedrasi professori 

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan 

Raxmanova Nazira – Xorazm viloyati bolalar kutubxonasi direktori 

Raxmatullayev Izatulla – Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining tibbiy va biologik-kimyo kafedrasi dotsenti, Farg‘ona viloyati 

Suyunov Akram Olimovich – Urgut tumanidagi 118-umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, Samarqand viloyati 

Xolmatov Baxtiyor Rustamovich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti direktori 

Ergashev Sirojiddin Fayazovich – Farg‘ona davlat texnika universitetining elektronika va asbobsozlik kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati 

I darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Arziqulov To‘raqul Narziqulovich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali neyroxirurgiya bo‘limi mudiri 

Boboqulov Xudoyshukur Bo‘ronovich – Qumqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining tumanlararo perinatal markazi reanimatsiya bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati 

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan 

Mavlyanova Raxima Abdishukurovna – Olmaliq shahridagi oilaviy poliklinikasi bo‘lim mudiri, Toshkent viloyati 

Maxmudov Ilxom Nurmurodovich – Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi bo‘lim mudiri 

Olimov Nemat Kayumovich – Toshkent farmatsevtika institutining farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi mudiri 

Rayimjonov Xurshidbek Xamidullayevich – Baliqchi tumanidagi “Chinobod fayz plyus” shifoxonasi rahbari, neyroxirurg, Andijon viloyati 

Saliyev Yaxiya Mamutjanovich – Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali shifokori 

Ten Lyubov Vasilevna – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filiali jonlantirish bo‘limi anesteziolog-reanimatologi 

To‘rayev Telmon Temirovich – Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-pediatriya kafedrasi dotsenti, Buxoro viloyati 

Turayeva Nazira Shukurovna – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo viloyati hududiy filiali bo‘lim mudiri 

Shomurodov Habibullo Fayzullayevich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Botanika instituti bosh ilmiy xodimi 

“Sog‘lom turmush” medali bilan 

Aslonova Shahlo G‘aniyevna – Romitan tumani tibbiyot birlashmasining tumanlararo perinatal markazi neoreanimatsiya bo‘limi mudiri, Buxoro viloyati 

Jalolov Ulug‘bek Muzafarovich – Kitob tumanidagi 45-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati 

Iskandarov Farxod Abdullayevich – Orolbo‘yi mintaqasi ixtisoslashtirilgan kardiologiya va kardioxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining intervension kardiologiya bo‘limi rentgenoxirurgi 

Ismoilova Dilfuza Ibragimjanovna – Qo‘rg‘ontepa tumani Qorasuv shahar tibbiyot birlashmasining ichki kasalliklar bo‘limi katta hamshirasi, Andijon viloyati 

Rashitova Munavvar Kamilovna – Xiva shahar tibbiyot birlashmasining 1-oilaviy poliklinikasi oila shifokori, Xorazm viloyati 

Tashmatova Komilaxon Turayevna – “Bolajon” telekanalining teleloyihalar ishlab chiqarish muharririyati bosh muharriri 

Xaydarova Zamira Kaxarovna – Samarqand tumani sog‘liqni saqlash bo‘limining 3-oilaviy poliklinikasi mudiri, Samarqand viloyati 

“Kelajak bunyodkori” medali bilan 

Abdukarimov Abdurashid Dilshod o‘g‘li – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining shifokor-xirurgi 

Abdurazoqov Doniyor Muxtor o‘g‘li – Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi, Sirdaryo viloyati 

Baxtiyarova Diana Daniyar qizi – Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘qituvchisi 

Yeraliyev Xudiyar Baxtiyarovich – Mo‘ynoq tumani sport maktabining futbol bo‘yicha murabbiysi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Ismatov Diyorbek Nozim o‘g‘li – Shirin energetika texnikumi o‘quvchisi, Sirdaryo viloyati  

Isroilov Otabek Odiljon o‘g‘li – O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri “Mash’al” ijtimoiy-siyosiy gazetasining bosh muharriri, Toshkent viloyati 

Rustamov Dilmurod Zarifboy o‘g‘li – Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi 

“Shuhrat” medali bilan 

Abdullayev Mira’zam Mirodil o‘g‘li – Shoyxontohur tumanidagi “Englify” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, ijtimoiy tarmoqlardagi “Teacher Azam” sahifasi asoschisi, Toshkent shahri 

Abdiraxmonov Ravshan Ruzimurodovich – Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Xatirchi tumani tez tibbiy yordam stansiyasi haydovchisi 

Abidova Shaxloxon Qodirjonovna – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Namangan” radiokanali informatsion, ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy va ko‘ngilochar dasturlar muharririyati sharhlovchisi

Ametova Guljaxan Fayzullayevna – Nukus shahridagi 14-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Askarov Dilshodbek Qobilovich – “Vodiy1.uz” tahririyati muharriri 

Baxritdinov Nuriddin Shamsiddinovich – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan viloyati filiali yurak-qon tomir jarrohlik bo‘limi jarrohi 

Bosimov Nuriddin Saidkosimovich – Zarbdor tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tarix fani o‘qituvchisi, Jizzax viloyati 

Gaybullayeva Yulduz Ismoilovna – Uchquduq tumanidagi 10-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi, Navoiy viloyati 

G‘aniyeva Farangiz Bayotovna – Buxoro tumanidagi 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Buxoro viloyati 

Gafurov Umidjon Ilxomovich – Mirobod tumanidagi “Thebase” xususiy korxonasi rahbari, ijtimoiy tarmoqlardagi “Troll.uz” loyihasi asoschisi, Toshkent shahri 

Gofurova Diloram Baxadirovna – O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaxassisi 

Yeshmuratov Kakimbek Daryabayevich – Qorao‘zak tumanidagi 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 

Jamolitdinova Dilnoza Mirxojidinovna – Qo‘qon davlat universitetining gumanitar fanlar va tillar fakulteti dekani, Farg‘ona viloyati 

Jurayev Alimjon Usarovich – Zangiota tumanidagi “Zangiota” masjidi mutavallisi, Toshkent viloyati 

Islamov Sharifjon Ganidjanovich – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fond mudiri 

Ismoilova Maxliyoxon Xabibullo qizi – Oltiariq tumanidagi 89-oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Farg‘ona viloyati 

Ishanxodjayev Saidaziz Saidnabi o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi o‘rinbosari 

Karimov Muzafar Kuvondikovich – Yengil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiysi 

Karshiyev Faxridin Umarovich – Termiz davlat universitetining texnologik ta’lim kafedrasi professori, Surxondaryo viloyati 

Kiskin Andrey Nikolayevich – Guliston shahridagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati 

Musayeva Shoxistaxon Sadridinovna – Uchqo‘rg‘on tumani 4-texnikumi direktori, Namangan viloyati 

Muxtarov Abduxamid Abduaxatovich – O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi direktori 

Nurmamatov Furqat Abdug‘aniyevich – Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universitetining meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti, Surxondaryo viloyati 

Rasulov Zokir Pardayevich – O‘zbekiston davlat sport akademiyasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori 

Rahmatov Jalol Azamatovich – Shahrisabz tumanidagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining fransuz tili fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati 

Rixsiyeva Gulbaxor Tashpulatovna – Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi kichik tibbiy xodimi 

Sabirova Aysha Atabayevna – Respublika bolalar ftiziatriya va tayanch harakat tizimi kasalliklari reabilitatsiyasi markazi laboranti 

Sagitov Mirxan Mirgaziyan – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi marafonlarni tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i 

Sobirjonova Sevaraxon Abdukarimovna – Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Andijon viloyati 

Sur’atxo‘jayev Salohiddinxo‘ja Ulug‘bek o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi loyihani ishlab chiqarish va amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i 

Turayev Sarvarbek Kenjaboyevich – “Surxondaryo viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining “Surxondaryo telekanali” muharririyati bosh muharriri  

Turakulov Kaxraman Izatullayevich – “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi

Xalliyeva Gulnoz Iskandarovna – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining jahon adabiyoti kafedrasi mudiri 

Eshmurodova Muyassar – Nurota tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi kardiologi, Navoiy viloyati 

Yuldashev Elyor Turgunpulatovich – “Namangan International University and School” nodavlat ta’lim muassasasi direktori, Namangan viloyati 

Yunusov Baxodirjon Jaloldinovich – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jessika Simpson haqida hujjatli film suratga olinadi

Netflix amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Jessika Simpson hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli filmni taqdim etadi. Jessika Simpson faoliyati davomida...

Qiziqchi Shukurullo Isroilov amaldor bo‘ldi

Taniqli qiziqchi va so‘z ustasi Shukurullo Isroilov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda, qator...

“Kukriniksi” sobiq bas-gitarachisining jasadi qo‘li uzilgan holda suvdan topildi

Sankt-Peterburgda 45 yoshli musiqachi, “Kukriniksi” rok-guruhining sobiq bas-gitarachisi Dmitriy Oganyanning jasadi suvdan topildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Vasilyevskiy...

Osiyo kinomaydonida uchta muhim yangilik

Osiyo kino sanoatida yangi festivallar va kino merosini asrashga qaratilgan loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Xitoy, Hindiston va...