D23’da Disney’ning kutilayotgan premyera sanalari e’lon qilindi

Share post:

Disney kompaniyasi D23 tadbirida yaqin yillarda tomoshabinlarga taqdim etiladigan bir qator yirik loyihalarini e’lon qildi. Taqdimotda “Lilo & Stich 2”, “Super oila 3”, “Koko siri 2”, “Qasoskorlar: Qiyomat kuni”, yangi “X-Men” filmi kabi loyihalar alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

“Lilo & Stich 2”

2025-yilda katta muvaffaqiyat qozongan “Lilo & Stich” filmining davomi ustidagi ishlar yil oxirida Gavayida boshlanadi. Filmni birinchi animatsion kartinani yaratgan Kris Sanders suratga oladi. “Lilo & Stich 2” 2028-yil 26-mayda kinoteatrlarga chiqadi.

“Super oila 3” va “Koko siri 2”,

Pixar muxlislarni ikki mashhur franshizaning davomi bilan xursand qiladi. “Super oila 3” filmida superqahramonlar oilasi yana bir bor sarguzashtga qaytadi. Film 2028-yil 16-iyunda namoyish etiladi.

Yana bir kutilayotgan loyiha bu “Koko siri 2”. Yangi loyihada Migelning o‘smirlik davri namoyish etildi. Hikoyada u yana Marhumlar olamiga qaytadi. Film 2029-yil noyabrida kinoteatrlarga chiqishi rejalashtirilgan.

 “Qasoskorlar: Qiyomat kuni”

Marvel Studios’ning eng yirik loyihalaridan biri “Qasoskorlar: Qiyomat kuni” uchun yangi lavhalar va poster taqdim etildi. Filmda Robert Dauni Kichik  Doctor Dum, Kris Evans esa Steve Rodjers rolida ko‘rinadi. Filmda turli olamlardan bo‘lgan mashhur qahramonlar halokatli to‘qnashuvga duch keladi. Kinokartina 2026-yil 18-dekabrda kinoteatrlarda namoyish etiladi.

Yangi “X-Men”

Marvel yangi “X-Men” filmi ustida ish olib borayotganini ham rasman tasdiqladi. Filmda Sedi Sink Jinn Greyni, Kit Konnor Skot Sammersni , Kristofer Ebbott – Professor Ksaverni, Samara Uiving  Emma Frostni, Indi Navarret Roug va Mayya Boyd  Stormni gavdalantiradi. Film 2028-yil 5-mayda kinoteatrlarga chiqadi.

D23 taqdimoti Disney va uning hamkor studiyalari kelgusi yillarda mashhur franshizalarning yangi qismlari bilan bir qatorda, yangi hikoyalar va qahramonlarni ham katta ekranga olib chiqishga tayyorlanayotganini ko‘rsatdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Hayvonlar shahri 3”: Judi va Nik yana qaytadi

Disney mashhur “Hayvonlar shahri” animatsion franshizasining uchinchi qismi ustida ish boshlaganini D23 tadbirida ma’lum qildi. Bunga 2025-yilda chiqqan “Hayvonlar...

Gafur “Armon” qo‘shig‘ini premyera qildi

Ko‘pchilikka “Novda” filmidagi Rashid roli orqali tanilgan xonanda Gafur yangi “Armon” qo‘shig‘ini to‘liq taqdim etdi.Tarona parchasini Gafur avvalroq...

Selena Gomes va onasi firibgarlikda ayblanmoqda

Selena Gomes va uning onasi Mendi Tifi asos solgan Wondermind startapi sud da’vosiga sabab bo‘ldi. Investorlar kompaniyaga qariyb...

Jenna Ortega nega haddan tashqari ozib ketgan?

Jenna Ortega faoliyatining ilk yillarida ishini mukammal bajarishga shunchalik e’tibor berganki, o‘z sog‘lig‘ini ikkinchi o‘ringa qo‘yganini tan oldi....