“Shlyapa kiygan mushuk”ning kostyumi auksionga qo‘yildi

Share post:

2003-yilda Doktor Syuzening kitobi asosida suratga olingan filmda Mayk Mayers ijro etgan “Shlyapa kiygan mushuk” kostyumi Propstore auksioniga qo‘yildi. Savdolar 26-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

To‘plamga qizil-oq fetr silindr shlyapa (“R 3” belgisi bilan), spandeksdan tikilgan mo‘ynali kombinezon (“Mike Myers №1” yozuvi bilan), poliester bantli rezina niqob va bir juft qo‘lqop kiradi. Kostyumda suratga olish jarayonidan qolgan izlar saqlanib qolgan bo‘lib, niqobning yuz qismida kir izlari bor, sun’iy mo‘yna esa ayrim joylarda g‘ijimlangan. Ularning taxminiy qiymati 12–24 ming dollar, boshlang‘ich narxi esa 6 ming dollarni tashkil etadi.

Shuningdek, 26-avgust kuni auksionga Kventin Tarantinoning “Jinoiy asar” filmida Uma Turman kiygan oq ko‘ylak va keng shim ham qo‘yiladi. Ushbu auksiondagi buyumlar 15–30 ming dollarga baholanmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maksim Kaliningraddagi konsertini yana bekor qildi

Xonanda Maksim Kaliningraddagi konserti yana bekor qilinganini ma’lum qildi. Dastlab 2-avgustga rejalashtirilgan chiqish 28-sentyabrga ko‘chirilgan edi, biroq belgilangan...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmiga qo‘shimcha sahnalar kiritilishi mumkin

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi qo‘shimcha sahnalar bilan kinoteatrlarda qayta namoyish etilishi mumkin. Bu haqda Deadline nashri manbalariga...

Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmi treyleri chiqdi

Netflix Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmining ilk treylerini namoyish etdi. Film 16-oktabr kuni striming...

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...