Gay Richi suratga olayotgan “Young Sherlock” (“Yosh Sherlok”) serialining ikkinchi mavsumida yangi aktyorlar ishtirok etadi. Bu haqda Deadline nashri xabar berdi.
Loyihaga Oliviya Uilyams, Sofi Skelton, Indira Varma va Eydan Gillen qo‘shilgan. Ularning qaysi obrazlarni gavdalantirishi hozircha oshkor qilinmagan.
Serialda bosh rolni Xiro Fayns Tiffin ijro etmoqda. Ikkinchi mavsum suratga olish ishlari allaqachon boshlangan. Loyiha Prime Video platformasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
“Yosh Sherlok” mashhur detektiv Sherlok Xolmsning yoshlik davri haqida hikoya qiladi. Birinchi mavsumda Oksford universitetining 19 yoshli talabasi Sherlok qotillikda ayblanadi. Aybsizligini isbotlash uchun esa u hayotidagi ilk murakkab jinoyatni tergov qilishga majbur bo‘ladi.
Serialning ilk mavsumi 2026-yil mart oyida namoyish etilgan.

