Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon va xitoy pop musiqasi uchun alohida “Best Asian Pop Music Performance” nominatsiyasini joriy etgani sabab bo‘lgan.
Guruhning ta’kidlashicha, musiqa tili yoki kelib chiqishidan qat’i nazar bir xil mezonlar asosida baholanishi kerak. Shu bois BTS bu yilgi tanlovda ishtirok etmaslikka qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, BTS “Gremmi”ning asosiy da’vogarlaridan biri hisoblanardi. Guruhning “Arirang” nomli yangi albomi 20-mart kuni taqdim etilgan bo‘lib, bu so‘nggi to‘rt yildagi ilk to‘liq guruh albomidir. Albom chiqqanidan bir kun o‘tib BTS jahon gastrol safarini boshlagan. Shuningdek, 19-iyul kuni guruh FIFA Jahon chempionati finalidagi tarixiy tanaffus shousida Madonna va Shakira bilan bir sahnada chiqish qilgan.

