Jorj Kluni “Oltin sher” mukofotiga sazovor bo‘ldi

Share post:


Amerikalik aktyor, rejissyor va prodyuser Jorj Kluni Venetsiya kinofestivalining umrboqiy ijod uchun beriladigan “Oltin sher” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Aktyor ushbu e’tirofga kino va televideniyedagi aktyorlik, rejissyorlik hamda prodyuserlik faoliyati, shuningdek, qariyb yigirma yildan buyon olib borayotgan insonparvarlik ishlari uchun munosib deb topildi.
Festivalning badiiy rahbari Alberto Barbera Klunini “har tomonlama yetuk va xarizmatik ijodkor” deya ta’riflab, uning faoliyati tijoriy muvaffaqiyat bilan bir qatorda yuksak badiiy filmlar yaratish va muhim ijtimoiy mavzularni yoritishga qaratilgani bilan ajralib turishini ta’kidladi. Jorj Kluni Venetsiya kinofestivalining doimiy ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Uning “Xayrli tun va omad tilayman” (Good Night, and Good Luck), “Tebranish” (Gravity) va “Jey Kelli” filmlarining premyeralari aynan ushbu festivalda bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Kluni faoliyati davomida ikki karra “Oskar”, to‘rtta “Oltin Globus”, to‘rtta Amerika kino aktyorlar gildiyasi mukofotlari, BAFTA va “Emmi” singari qator mukofotlarni qo‘lga kiritgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Shiroq jasorati haqida tarixiy film suratga olindi

Rejissyor Muzaffar Erkinov tomonidan suratga olinayotgan “Shiroq” tarixiy badiiy-publitsistik filmining tasvirga olish ishlari nihoyasiga yetdi. Hozirda ijodiy jamoa...

Britni Spirsning albomga kiritilmagan qo‘shig‘i 25 yildan keyin chiqdi

Britni Spirs 2001-yilda Jastin Timberleyk bilan birgalikda yozgan, ammo shu paytgacha rasman e’lon qilinmagan “She’ll Never Be Me”...

Sidni Suini va Merilin Monro uzoq qarindosh ekanligi aniqlandi

“Eyforiya” seriali yulduzi Sidni Suini va Gollivud afsonasi Merilin Monro uzoq qarindosh bo‘lib chiqdi. MyHeritage platformasi o‘tkazgan yangi...

J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury...