“Supergirl” muvaffaqiyatsizligi. Nega Gollivudning ayol superqahramonlari omadsizlikka uchramoqda? 

Share post:

Premyerasi kutilgan Supergirl filmi joriy yilning 26-iyun kuni AQSH kinoteatrlarida namoyish qilindi. Film premyera oqshomida tomoshabinlar fikri asosida tuziladigan CinemaScore reytingida B- bahosini oldi. Shuningdek, 170 million dollarlik byudjetga qaramay, kartina ilk dam olish kunlarida atigi 38 million dollar daromad keltirdi.
Supergirl filmning yakuniy sahnalaridan birida Jimmy Eat World guruhining “The Middle” qo‘shig‘i ayol ijrosida past tovushda yangray boshlaydi. Aynan shu epizodda bosh qahramon o‘zining superqobiliyatlarini qabul qiladi. Bu voqea qahramon hayotidagi muhim burilish nuqtasi bo‘lgani sababli, aslida tantanavor va jangovar musiqa bilan bezatilishi kerak edi. Biroq, tanqidchilarga ko‘ra, sahnaga mos kelmagan ushbu tarona kino tarixidagi eng omadsiz musiqiy tanlovlardan biri bo‘lib qolishi mumkin.
Rejissyor Kreyg Gillespi esa Rolling Stone nashriga bergan intervyusida aynan shu qo‘shiq tanlovi film atrofidagi eng ko‘p muhokama qilinadigan masalalardan biriga aylanishini taxmin qilganini aytdi.
Variety tanqidchisi Ouen Gleyberman o‘z sharhida filmni “esimda qolgan eng yomon ssenariyga ega komiks filmi” deb atab, uni “jangovar sahnalarga boy bo‘lsa-da, hissiy jihatdan mutlaqo sust” deya baholadi.
Supergirl 2017-yilda Patti Jenkins suratga olgan muvaffaqiyatli “Wonder Woman” filmidan keyin ayol superqahramonlar haqidagi, tomoshabinlar kutgan natijani bera olmagan filmlar qatorini davom ettirdi. Bundan ham tashvishlisi, “Batgirl” misolida bo‘lgani kabi, ayrim loyihalar umuman ekran yuzini ko‘rmay, bekor qilinmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...