Sud Bred Pitt foydasiga qaror chiqardi

Share post:

Bred Pittning vinochilik biznesi bo‘yicha Anjelina Joli bilan sud ishida aktyor kichik g‘alabaga erishdi. Bu haqda People nashri xabar berdi.
Kaliforniya sudi Bred Pittning talabini ma’qulladi. Unga ko‘ra, vino zavodi ulushining sotilishida qatnashgan shaxslar rasmiy ravishda so‘roq qilinadi. Endilikda Stoli va Tenute del Mondo kompaniyalari vakillari ham Londonda ko‘rsatma berishga chaqiriladi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq er-xotin o‘rtasidagi mojaro 2021-yilda Joli vinochilik biznesidagi o‘z ulushini sotganidan so‘ng boshlangan edi. Pittning fikricha, Joli avvalgi kelishuvni buzgan va uning roziligisiz o‘z ulushini sotmasligi kerak edi. Joli esa bunday kelishuvning mavjud bo‘lganini rad etmoqda. Shuningdek, aktrisa Bred Pitt istamagan tomon bilan bitim imzolagan.
Anjelina Joli va Bred Pitt 2016-yilda, 12 yillik munosabatlardan so‘ng ajrashgan. Ularning ajrashish jarayoni faqat 2024-yil dekabr oyida yakunlangan. Sobiq juftlik olti nafar farzandni tarbiyalab kelmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Lilo va Stich” haqida yangi loyiha e’lon qilindi

Mashhur “Lilo va Stich” franshizasi kengayishda davom etmoqda. Filmning ikkinchi qismi ustida ishlar olib borilayotgan bir paytda, ijodkorlar...

“Qizim endi meni tanqid qiladigan bo‘lib qoldi” — Gulmira Muhammedova qizi bilan tortishuvlari haqida gapirdi

Aktrisa Gulmira Muhammedova qizi Shahzoda Muhammedova bilan ayrim masalalarda fikrlari tez-tez to‘qnash kelishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga...

“Markaziy Osiyo+” xalqaro kino forumi start oldi

24–25-iyun kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tuzilganining 35 yillgi munosabati bilan Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Markaziy Osiyo+” xalqaro kino forumi...

Namanganda III Xalqaro maqom san’ati forumi boshlandi

Namangan shahrida III Xalqaro maqom san’ati forumi doirasidagi muhim tadbirlardan biri – “Sharq maqom san’atining zamonaviy yo‘nalishlari: an’ana...