“Qizim endi meni tanqid qiladigan bo‘lib qoldi” — Gulmira Muhammedova qizi bilan tortishuvlari haqida gapirdi

Share post:

Aktrisa Gulmira Muhammedova qizi Shahzoda Muhammedova bilan ayrim masalalarda fikrlari tez-tez to‘qnash kelishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga ularning har ikkisi ham mukammallikni yoqtirishi va hayotga turlicha qarashi sabab bo‘ladi. Aktrisa bu haqida My5 telekaalidagi Omon-omon dasturiga bergan intervyusida aytib oʻtgan.

Muhammedova qizining san’atga kirib kelishida o‘zi katta rol o‘ynaganini ta’kidladi. Avvallari Shahzodaning eng qattiq tanqidchisi o‘zi bo‘lgan bo‘lsa, bugun vaziyat o‘zgargan. “Qizimni kino olamiga men olib kirganman. Hozir esa u mening tanqidchimga aylangan. Qo‘shiq aytishimni, ko‘p raqsga tushishimni yoki ayrim rollarda suratga tushishimni xohlamaydi. Hatto kiyinish uslubim bo‘yicha ham o‘z fikrini bildiradi”, — deydi aktrisa. Suhbat davomida u nabirasining ismi haqida ham fikr bildirdi. Aktrisa milliy ismlarni afzal ko‘rishini aytib, nabirasiga ota-onasi Milana deb ism qoʻygan boʻlsa-da, u doim Madinaxon deb chaqirishini aytib oʻtgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Markaziy Osiyo+” xalqaro kino forumi start oldi

24–25-iyun kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tuzilganining 35 yillgi munosabati bilan Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Markaziy Osiyo+” xalqaro kino forumi...

Namanganda III Xalqaro maqom san’ati forumi boshlandi

Namangan shahrida III Xalqaro maqom san’ati forumi doirasidagi muhim tadbirlardan biri – “Sharq maqom san’atining zamonaviy yo‘nalishlari: an’ana...

Timoti Shalame va Selena Gomes katta loyihada yana birlashadi

Timoti Shalame va Selena Gomes “Nyu-Yorkda yomg‘irli kun” filmi chiqqanidan yetti yil o‘tib, yana bir loyihada birga ishtirok...

O‘zbekistonlik talaba yigit ishlagan film xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Kino va televideniye rejissyorligi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Axadjon Oxunov tomonidan suratga olingan...