“Markaziy Osiyo+” xalqaro kino forumi start oldi

Share post:

24–25-iyun kunlari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tuzilganining 35 yillgi munosabati bilan Qozog‘istonning Olmaota shahrida “Markaziy Osiyo+” xalqaro kino forumi o‘tkazilmoqda.
Rossiya Madaniyat vazirligi hamda MDH davlatlari ishtirokchilarining gumanitar hamkorlik bo‘yicha davlatlararo jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilgan forumda Qozog‘iston, Rossiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston vakillari qatnashmoqda.
Kecha, 24-iyun kuni forum doirasida kino sanoatining bugungi rivoji va mintaqaviy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda kino sohasi vakillari o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda madaniy almashinuvni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. Muhokamalar davomida kino mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqish, tajriba almashish va qo‘shma filmlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Forumda Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi qo‘shma kino loyihalarini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Roskino bosh direktori Elza Antonova ikki davlat o‘rtasida qo‘shma film ishlab chiqarish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, mazkur hujjat imzolangach, qo‘shma kinoloyihalarni suratga olish uchun yanada qulay sharoit yaratiladi.
Shuningdek, Kazakhfilm va Sankt-Peterburgdagi Lendok studiyasi mashhur bastakor va pedagog Yevgeniy Brusilovskiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan qo‘shma film ustida ish boshlagan. Loyiha ssenariysi ustida Qozog‘iston va Rossiyadan 20 nafar ssenariynavis ishlamoqda.
Forum ishtirokchilari tarixiy xotirani asrash va yosh avlodga umumiy madaniy merosni yetkazish masalalariga ham alohida e’tibor qaratdilar. Shu maqsadda Ikkinchi jahon urushi davridagi umumiy tarix va qahramonlik mavzulariga bag‘ishlangan hujjatli hamda badiiy filmlar yaratish rejalashtirilmoqda.
forumning rasmiy ochilish marosimida xorijiy delegatsiyalar, kino sohasi mutaxassislari va mehmonlar ishtirok etdi va rejissyor Igor Voloshin tomonidan suratga olingan “Buratino” filmi ilk bor tomoshabinlar e’tiboriga taqdim etildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....