Internetda Oliver Trining o‘limi sahnalashtirilgan degan fikr keng muhokama qilinmoqda

Share post:

Tarmoqda amerikalik artist Oliver Trining o‘limi haqidagi nazariya tobora ko‘proq muhokama qilinmoqda. Foydalanuvchilar xonanda va uning do‘stining aviahalokatda halok bo‘lgani haqidagi xabar sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkin degan taxminlarni ilgari surishmoqda.

Shubhalar Oliver Trining gastrol jadvali sabab paydo bo‘ldi. 6-iyundagi konsertdan keyin deyarli bir oylik tanaffus kuzatiladi — navbatdagi chiqishi faqat 1-iyul kuni Lissabonda rejalashtirilgan edi. Muxlislar xonandaning shoudan bir necha kun oldin, ehtimol o‘z tug‘ilgan kuni — 29-iyunda “kutilmagan qaytishi” mumkinligini taxmin qilmoqda. Bunday “qayta tug‘ilish” Oliver Trining absurd va qora yumorga boy ijodiy uslubiga mos kelishi aytilmoqda. Soxta o‘lim haqidagi taxminlarga san’atkorlarning ijodi ham sabab bo‘lgan. Ikkalasi ham ko‘pincha vertolyotlar, qabr gullari va avariyalarga ishora qilgan, Oliverning kliplarida esa o‘lim mavzusi tez-tez uchrab turadi. Braziliyaning “CNN Brasil” nashri xabariga ko‘ra, Oliver Tri 14-iyun kuni ikki vertolyot to‘qnashuvi oqibatida yuz bergan aviahalokatda halok bo‘lgan. Xonanda 32 yoshda edi. U “Life Goes On”, “Hurt”, “When I’m Down” va ayniqsa mashhurlikka erishgan “Miss You” qo‘shiqlari bilan tanilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...