Arnold Shvartsenegger va Liam Hemsvort yangi jangari filmda birga suratga tushadi

Share post:

Mashhur aktyorlar Arnold Shvartsenegger va Liam Hemsvort yangi “The Kellys” (“Kellilar) nomli jangari filmda bosh rollarni ijro etadi. Loyiha huquqlarini Amazon MGM Studios qo‘lga kiritgan bo‘lib, film keyinchalik Prime Video platformasida namoyish etilishi kutilmoqda.

Film rejissyori sifatida Bred Peyton ish olib boradi. U avval “Rempeyj”, “San Andreas” va “Atlas” kabi yirik loyihalarni suratga olgan.

Syujet markazida sobiq politsiyachi Jek Kelli turadi. Uning rafiqasi terrorchilar tomonidan garovga olinadi va qahramon uni qutqarish uchun o‘zi eng kam ishonadigan odamlar — o‘z oilasi bilan birlashishga majbur bo‘ladi. Film oilaviy mojarolar, keskin harakatlar va qutqaruv operatsiyalarini birlashtirgan triller sifatida taqdim etilmoqda.

Hozircha filmning chiqish sanasi e’lon qilinmagan. Biroq Arnold Shvartsenegger va Liam Hemsvortning bir loyihada uchrashuvi hamda Amazon MGM Studios’ning ishtiroki “The Kellys”ni 2026-yilning eng kutilayotgan jangari filmlaridan biriga aylantirmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Xonanda PSY qamalishi mumkin

PSY 2022-yildan 2025-yilgacha boʻlgan muddat ichida Seuldagi universitet shifoxonalaridan birida shaxsan shifokor koʻrigidan oʻtmasdan, oʻzining menejeri va boshqa...

Anjelina Jolining otasi qizi bilan yarashishni istamoqda

87 yoshli aktyor Jon Voyt qizi Anjelina Joli bilan munosabatlarni tiklashga harakat qilmoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, Joli yaqin...

Robert Pattinson — “Odisseya” ssenariysini o‘qishni so‘ragan yagona aktyor

Robert Pattinson rejissyor Christopher Nolanning yangi filmi — “Odisseya” loyihasiga qo‘shilishdan oldin ssenariyni o‘qishni so‘ragan yagona aktyor bo‘lgan....

Sabrina Karpenter uni ta’qib qilgan erkakka nisbatan himoya orderini oldi

Amerikalik xonanda Sabrina Karpenter o‘zini ta’qib qilayotgan Uilyam Epplgeyt ismli erkakka nisbatan himoya orderi (taqiqlov qarori) chiqarishni so‘radi. Los-Anjeles...