Xonanda PSY qamalishi mumkin

Share post:

PSY 2022-yildan 2025-yilgacha boʻlgan muddat ichida Seuldagi universitet shifoxonalaridan birida shaxsan shifokor koʻrigidan oʻtmasdan, oʻzining menejeri va boshqa uchinchi shaxslar orqali “Xanax” va “Stilnox” kabi psixotrop (uxlatuvchi va xavotirga qarshi) dori vositalariga retseptlar olganlikda ayblanmoqda.

Janubiy Koreya qonunlariga koʻra, bu kabi kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop moddalarni faqat bemorning oʻzi shaxsan shifokor qabulida boʻlib, tekshiruvdan oʻtgandan keyingina olishi mumkin. Dorilarni uchinchi shaxs orqali qabul qilib olish qatʼiyan taqiqlangan.

Seul politsiyasi mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlarini yakunlab, ish hujjatlarini prokuraturaga topshirgan. Tergov doirasida PSY, uning menejeri va dorilarni yozib bergan shifokor bilan birga jami 6 kishi prokuraturaga koʻrib chiqish uchun yuborilgan.

Ushbu tibbiy qonunbuzarlik uchun Janubiy Koreya qonunchiligida 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki 10 million von (taxminan 6,500 AQSH dollari) miqdorida jarima jazosi koʻzda tutilgan.

PSY ning agentligi xonandaning surunkali uyqusizlik va tushkunlikdan aziyat chekishini, dorilarni shifokor tavsiyasi va belgilangan dozada ichganini maʼlum qilgan. Biroq, band ish grafigi tufayli dori-darmonlarni menejeri orqali oldirgani katta xato va eʼtiborsizlik boʻlganini tan olib, uzr soʻragan va prokuratura tergovi bilan toʻliq hamkorlik qilishini bildirgan.


Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...