Kristen Styuart yana vampirlar haqidagi filmda rol o‘ynaydi

Share post:

“Sumerki” yulduzi Kristen Styuart yana vampirlar mavzusidagi filmda suratga tushadi. Bu haqda Deadline xabar berdi.

Gap mistik triller janridagi “Flesh of the Gods” filmi haqida ketmoqda. Filmni suratga olish ishlari allaqachon Ispaniyada boshlangan. Loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi: dastlabki suratga olish ishlari Kanar orollarida, keyingi qismi esa Kyolnda davom etadi.

Kartinada Kristen Styuart bilan birga Vagner Moura ham bosh rollardan birini ijro etadi. Shuningdek, filmda Elizabet Olsen qatnashishi kutilmoqda.

Voqealar 1980-yillardagi Los-Anjelesda kechadi. Raul va Aleks ismli turmush qurgan juftlik shaharning xavfli tungi hayotiga sho‘ng‘ib, sirli ayol va uning atrofiga yig‘ilgan odamlar bilan tanishadi. Shundan so‘ng ular zo‘ravonlik va gedonizmga boy g‘ayritabiiy dunyo ichiga kirib qoladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Nolan “Odisseya” filmi uchun Travis Skottni nega tanladi?

“Odisseya” filmi rejissyori Kristofer Nolan Time nashriga bergan intervyusida yangi “Odisseya” filmi uchun Trevis Skottni tanlaganiga izoh berdi....

“Eyforiya” finali tarixiy rekord o‘rnatishi kutilmoqda

 “Eyforiya” serialining 3-mavsumi final qismi katta rekord bilan tarixga kirishi kutilmoqda. Just Jared sayti ma’lumotiga ko‘ra, HBO platformasida...

Dua Lipa Samsung’ni sudga berdi

Dua Lipa Samsung’ni televizor reklamalarida uning suratidan ruxsatsiz foydalangani uchun sudga berdi, deb yozmoqda Daily Mail. Lipa suratlari oddiy...

“Qattiqqo‘l xonim 2” eng kassabop filmlar qatoriga kirdi

Hali premyera qilinganiga ko‘p bo‘lmasdan Disney’ning  “Qattiqqo‘l xonim 2” filmi Shimoliy Amerika kinokassalarida yetakchilik qilib, premyeraning ikkinchi haftasidayoq...