Sebastian Sten o‘z muxlislarini quvontiradigan yangilik bilan bo‘lishib, sevgilisi Annabel Uollis bilan birga ilk farzandini kutayotganini e’lon qildi. Aktyor bergan intrvyusida hozirgi vaqtda yanada ma’suliyatliroq bo‘lishi haqida aytdi. Uning ta’kidlashicha, u yaxshi ota bo‘lishni istaydi va bu uning hayotidagi yangi bosqich hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Sebastian Sten uchun oila mavzusi doimo muhim bo‘lib kelgan. U bolaligida onasi va o‘gay otasi qo‘lida ulg‘aygan, keyinchalik esa biologik otasi bilan ham aloqalarini tiklagan. Afsuski, aktyor otasini 2021-yilda yo‘qotgan.
Sten va Uollis o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi ilk mish-mishlar 2022-yilda paydo bo‘lgan edi. So‘nggi paytlarda esa juftlik ko‘proq birga ko‘rinish bera boshladi. Yaqinda ular Nyu-Yorkda paytida paparatsilar tomonidan suratga olingan va aynan shu vaqtda aktrisaning homilador ekani sezilgan.

