Adidas Timoti Shalame, Messi va Bed Banni ishtirokidagi yangi rolikni taqdim etdi

Share post:

Adidas 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga bag‘ishlangan “Backyard Legends” (“Hovli afsonalari”) nomli qisqa metrajli filmni taqdim etdi.

Rolikdagi bosh qahramonni Timoti Shalame ijro etgan. Syujetga ko‘ra, uning qahramoni mag‘lubiyat nimaligini bilmaydigan hovli jamoasini yengish uchun futbolchilar Jud Bellingem, Lamin Yamal va Trinity Rodmanni bir jamoaga to‘playdi.

Reklama roligida shuningdek Lionel Messi, Rafin, Pedri, Florian Vins, Usman Dembele, Santiyago Ximenes hamda Bed Banni ham suratga tushgan. Videoda Zidan, Alessandro Del Pyero va David Bekhem obrazlari ham namoyon bo‘ladi.

Rolik rejissyori avstraliyalik Mark Molloy bo‘ldi.

“Bolaligimda shu futbolchilar bilan raqobatlashishni orzu qilardim. Men ‘Piyer 40’da futbol o‘ynab, Bekhemning jarima zarbalari, Del Pyeroning gollari va Zidanning harakatlarini takrorlashga urinardim. Futbolni juda yaxshi ko‘raman, shu sabab Adidas bilan bunday loyiha ustida ishlash men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi”, — dedi Shalame. 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Turnir tarixda ilk bor birdaniga uch davlat — AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida tashkil etiladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Met Gala’da eng mashhur obraz kimniki bo‘ldi?

Rianna yana bir bor eng yorqin obrazlardan birini namoyish etdi. U Met Gala’da eng zamonaviy va uslubli yulduz...

Tayla Met Gala’dagi Rianna bilan bog‘liq mish-mishlarga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda go‘yoki Rianna yosh xonandani e’tiborsiz qoldirgandek ko‘ringan. Kadrlarda Tayla Rianna jurnalistlar bilan suhbatlashayotgan paytda...

“BTS” a’zolari Meksika prezidenti bilan uchrashdi

“BTS” guruhi a’zolari — RM, Jin, Shuga, Jey Houp, Jimin, V va Chonguk Mexikodagi konsertlari oldidan Klaudiya Sheynbaum...

Vinni-Puxning yo‘qolgan do‘sti qaytdi

Mashhur multfilm yaratilishiga sababchi bo‘lgan Piglet, Tigger, Eyor va Kenga asl o‘yinchoqlari 1987-yilda Nyu-York jamoat kutubxonasiga topshirilgan. Biroq,...