“G’alati ishlar” ishlar filmi rejissyori Shavn Levi yangi filmining ijodiy jarayonlarida sun’iy intellektdan deyarli foydalanmaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt hozircha ssenariy yozish jarayonida muhim rol o‘ynamagan. Biroq, rejissyor kelajakda AI albatta, kino sanoatining muhim vositasiga aylanishiga ishonadi. U AI dan to‘g‘ri va mas’uliyat bilan foydalanish muhimligini ham ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda ushbu yangi “Star Wars: Starfighter” (yangi “Yulduzlar jangi”) filmining suratga olish ishlari tugab, montaj jarayonlari ketmoqda. Film 2027-yilning 28-mayiga qadar ekran yuzini ko‘rishi rejalashtirilgan.

