“Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari” muxlislari uchun quvonchli xabar — serialning uchinchi mavsumi premyerasi kutilganidan avvalroq bo‘lib o‘tadi. Dastlab yangi mavsum 2027-yilda chiqishi rejalashtirilgan edi. Biroq The Hollywood Reporter xabariga ko‘ra, premyera shu yil oxiriga mo‘ljallangan.

Yangi mavsum nafaqat chiqish sanasi, balki syujetdagi katta vaqt sakrashi bilan ham e’tiborni tortmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, voqealar ikkinchi mavsumdan bir necha yil keyin, elflar va Sauron o‘rtasidagi jang avjiga chiqqan davrda rivojlanadi.
Muxlislar sevgan qahramonlar ham yana ekranga qaytadi. Charli Vikers Sauron, Morved Klark, Robert Aramayo esa Elrond rolini yana gavdalantiradi.
Yangi mavsum aktyorlar tarkibiga yangi nomlar ham qo‘shilmoqda. Jumladan, Jeymi Kempbell Bauer ham loyihaga jalb etilgan. U avval “G‘alati narsalar” serialidagi roli bilan katta e’tibor qozongan edi.
Fantastika ixlosmandlari uchun bu mavsum eng shiddatli va epik boblardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Katta janglar, yangi syujet burilishlari va O‘rta Yer tarixining muhim voqealari uchinchi mavsum markazida bo‘ladi.

