Kichik Stiven Keypl “Men afsonaman” filmining davomini suratga oladi. Bu haqda Collider xabar berdi. Avval u “Krid II” va “Transformerlar: 6 botlar g‘alabasi” ustida ishlagan. Filmda prodyuser va ssenariy mualliflaridan biri bo‘lgan Akiva Goldsman ham yangi loyihaga qaytmoqda. Kartinada bosh rolni yana Uill Smit ijro etadi, unga Maykl B. Jordan ham qo‘shiladi. Premyera sanasi hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Film oxirida Smit qahramoni halok bo‘ladi. Shu sabab aktyorning qaytishi tomoshabinlarni biroz hayratda qoldirishi mumkin. Bunga izoh sifatida ijodkorlar sikvel uchun alternativ yakunni asos qilib olishlarini aytishdi. U Richard Metison kitobiga yaqinroq bo‘lib, unda qahramon tirik qoladi.
Avvalroq San’at Dunyosi “Transformerlar” franshizasi davom etishi haqida xabar bergandi.

