Jenna Ortega Parijda “Uenzdey” 3-mavsumni suratga olish jarayonida ko‘rindi

Share post:

Jenna Ortega va rejissyor Tim Byorton “Uenzdey” serialining 3-mavsumi suratga olish maydonchasida, kutilmaganda Parijda paparatsilar tomonidan tasvirga olingan.

Yangi mavsum suratga olish ishlari avval Irlandiyada olib borilgan edi, endi esa jarayon Fransiyada davom etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Parijdagi suratga olish qisqa muddatli bo‘ladi. U 18-aprel kuni boshlangan va 21-aprelga kelib yakunlangan.

Suratlarda Jenna Ortega o‘ziga xos gotik uslubda ikki o‘rim soch va to‘liq qora libosda ko‘rinadi. Shuningdek, uning yonida Fred Armisen ham bor. Bu esa Fester amaki obrazi yana serialda paydo bo‘lishini tasdiqlaydi.

Avvalroq uchinchi mavsum aktyorlar tarkibiga yangi yulduzlar qo‘shilgani ma’lum qilingan edi. Jumladan Lina Xidi, Vaynona Rayder, Eva Grin, Kris Sarandon, Noa Teylor, Oskar Morgan va Kennedi Moyer kabi aktyorlar ham loyihada ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Uenzdey” seriali Charlz Addam yaratgan qahramonlar asosida suratga olingan. Birinchi mavsum 2022-yilda chiqqan bo‘lib, ikkinchi mavsum esa 2025-yilda namoyish etilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Kris Payn yangi “Malikaning kundaligi” filmida rolga qaytishi mumkin

Internetda anchadan beri “Malikaning kundaligi” filmining davomi muhokama qilinmoqda. Endi esa Kris Payn ham loyiha tarkibiga qo‘shilishi mumkinligi...

Kichik Robert Dauni endi yovuz qahramon bo‘ladi

Kichik Robert Daunining Marvel’ga qaytishi ancha vaqtdan beri muhokamada edi. Endi esa eng muhim detal ochiqlandi – u...

Natali Portman uchinchi bor ona bo‘ladi

“Oskar” mukofoti sovrindori aktrisa Natali Portman tez orada yana ona bo‘lishini ma’lum qildi. Hozirda uning sobiq turmush o‘rtog‘i...

Sharliz Teron Shalamening balet va opera haqidagi gaplariga javob qaytardi

Sharliz Teron: “10 yildan keyin seni sun’iy intellekt almashtiradi”. Aktrisa Sharliz Teron mart oyida Timoti Shalame tomonidan aytilgan “balet...