Eyforiya atrofidagi shov-shuvlar, aktyorlar o‘rtasidagi gap-so‘zlar va mish-mishlarga qaramay, yangi mavsum bilan yana hammadan o‘zib ketdi.
3-mavsumning ilk epizodi chiqishi bilan atiga 3 kun ichida qariyb 9million tomoshabin yig‘di. Bu serial tarixdagi eng katta natija bo‘ldi. Taqqoslash uchun oldingi mavsum finali 7 million ko‘rish olgan edi.
Home Box Office ushbu serialni o‘z platformasidagi eng mashhur loyihalardan biri deb rasman e’lon qildi. Aslida bunday natija kutilgan edi. Chunki yangi mavsum treyleri chiqishi bilan 2 kun ichida 100 million ko‘rish yig‘ib, platforma rekordini yangilagan eedi.
Yangi mavsum voqealari oldingi hikoyada 5 yil o‘tib davom etadi. Serialda yana Zendaya boshchiligidagi tanish qahramonlar qaytgan. Mavsum jami 8ta epizoddan iborat bo‘lib, hozirning o‘zida reytinglarda yuqorida ketmoqda.
Birinchi epizod yakuni esa muxlislarni jim qoldirmadi. Unda “ Uning xotirasiga bag‘ishlanadi” degan yozuv chiqadi – bu Fez rolini o‘ynagan Agnus Klaud uchun qo‘yilgan hurmat belgisi.

