Shoir Jahongir Namozov o‘z uyida o‘lik holda topildi

Share post:

Namangan viloyati Pop tumanida 15-aprel kuni fuqaro Jahongir Namozov o‘z uyida o‘lik holda topildi. Bosh prokuratura holat yuzasidan “Daryo”ga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa chorshanba kuni soat 15:00 da sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotnomaga ko‘ra, marhumning o‘limiga bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan qisilishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan.

Shuningdek, bo‘yin sohasidagi strangulyatsion izdan tashqari boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Jahongir Namozov 1997-yilda tug‘ilgan. “Butov Azerbaycan” gazetasining O‘zbekistondagi muxbiri sifatida faoliyat yuritgan. Jahongir Mirzo taxallusi ostida she’rlar yozgan.

U Ozarbayjon Jurnalistlar uyushmasi hamda Butunjahon yosh turk yozuvchilari uyushmasi a’zosi, “Adabiyot va tasviriy san’at” portali O‘zbekistondagi vakili bo‘lgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...