O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dono Boboxonova 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston davlat drama teatri xabar berdi.

Dono Boboxonova 1946-yil 20-noyabrda Qozog‘istonda tavallud topgan. Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlab, “Yosh gavrdiyachilar” teatrida faoliyatini boshlanagan. 1996-yili “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Aktrisa “Bozor koʻrmagan yigit”da ona, “Arazlasang, oʻlaman”da qaynona, “Chol va nabira”da Sobira, “Tilim qursin”da sovchi rollari bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan edi.

