Momoaning sevgilisi “Supermen” jamoasiga qo‘shildi

Share post:

Yangi “Supermen” filmi yana bir muhim obraz bilan boyimoqda. Bu safar gap Maksima haqida ketmoqda.

Adriya Arxona “Supermen: Ertangi odam” filmida Maksima rolini ijro etishi rasman tasdiqlandi. Aktrisa bu rolni kastingdan o‘tib qo‘lga kiritgan.

Maksima – komikslardagi kuchli va o‘ziga xos qahramon. Filmda u boshqa sayyoradan kelgan hukmdor bo‘lib, Supermenni o‘ziga munosib yagona erkak deb hisoblaydi. Shu sabab boshida u Supermenga qarshi chiqadi, keyinchalik esa ayrim versiyalarda uning ittifoqchisiga aylanadi.

Film syujeti to‘liq ochiqlanmagan, lekin ma’lumki, bu safar Supermen va Leksa Lyutora birlashib, katta xavfga qarshi kurashadi.

Loyihada Devid Korensvet (Supermen), Nikolas Xolt, Aaron Per va Izabela Mersed ham ishtirok etmoqda. Film rejissyori – Jeyms Gann.

Film premyerasi 2027-yil 9-iyulga rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Nikol Kidman o‘lim doulasi bo‘lishni o‘rganayotganini aytdi

Aktrisa Nikol Kidman San-Fransisko unversitetidagi chiqishi davomida o‘lim doulasi — ya’ni vafot etayotgan inson va uning yaqinlariga emotsional...

Kendall Jenner va Jeykob Elordi ishqiy mish-mishlarni kuchaytirdilar

Kendall Jenner va Jeykob Elordi o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar haqidagi mish-mishlar yana kuchaydi. Ular “Coachella” doirasida Jastin Biber chiqishidan...

O‘zbek aktrisasi Muqaddas Xoliqova 66 yoshni qarshiladi

Bugun, 14-aprel — O‘zbekiston xalq artisti, taniqli kino va teatr aktrisasi Muqaddas Xoliqova tavallud topgan kun. Xolikova Muqaddas Shamaqsudovna...

BTS tarqaladimi? Guruh mish-mishlarga javob berdi

Uzoq tanaffusdan so‘ng BTS yana birlashdi va muxlislarni qiziqtirgan savolga javob berdi – guruh tarqaladimi? Rolling Stone UK’ga bergan...