Bugun, 14-aprel — O‘zbekiston xalq artisti, taniqli kino va teatr aktrisasi Muqaddas Xoliqova tavallud topgan kun.

Xolikova Muqaddas Shamaqsudovna 1960-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1981-yilda O‘zbekiston milliy akademik drama teatriga o‘qishga kirgan va tezda teatrning aktyorlar jamoasiga qo‘shilgan. Teatrda u 80 ga yaqin turli xil obrazlarni ijro etib, ularning har birini ochib berishga muvaffaq bo‘lgan.
Shuningdek, u 30 dan ortiq rollarni ijro etgan va turli filmlarda 300 ta personajga ovoz bergan. Ma’lumot o‘rnida, Muqaddas Xoliqova “Qirq tog‘oraning qirq nog‘orasi”, “Ko‘ngil ko‘chalari”, “Qaynona operatsiyasi”, “Ulfatlar 1,2”, “Boyvachcha”, “Anora”, “Amakivachchalar”, “Oshiqlar”, “Vijdon”, “Jannat qayerdadir”, “Ta’ziyadagi to‘y”, “Sevginator 1,2”, “Yasha, xotin!” kabi ko‘plab film va seriallarda ijro etgan rollari bilan tomoshabin mehrini qozongan.

